Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Сайловчилар билан учрашув
янв.21
Депутат томонидан қўйчилик хўжалиги фаолияти ўрганилди
янв.21
Қонун ижроси ўрганилди
янв.21
Deputat faoliyatidan
янв.21
#JARAYON
янв.21
Ижтимоий-иқтисодий дастурлар ижроси амалда
янв.21
Аҳоли бандлиги масалалари ўрганилди
янв.21
Доимий комиссиясининг навбатдаги йиғилиши ўтказилди
янв.21
Депутат олис чўл ҳудудидаги маҳаллада ижтимоий хизматлар ҳолатини ўрганди
янв.21
Маҳаллада бандлик ва ижтимоий ҳимоя масалалари кўздан кечирилди
Talabalar bandligi va moliyaviy savodxonlik — bugunning eng muhim masalasi!

#deputat_faoliyati #ochiq_muloqot #yoshlar_uchrashuvi #yoshlar_kuni #Andijon_shahar #U_Gofurov

🔥 Talabalar bandligi va moliyaviy savodxonlik — bugunning eng muhim masalasi!

Ayni damda Qo‘qon universiteti Andijon filialida “Payshanba — yoshlar kuni” doirasida yoshlar uchun muhim va dolzarb uchrashuv bo‘lib o‘tmoqda.

💼 Mazkur amaliy muloqotda talabalarni ish bilan ta’minlash, ularning kelajakdagi kasbiy yo‘nalishini aniqlash hamda sug‘urta va moliyaviy savodxonlik bo‘yicha bilimlarini mustahkamlash masalalari muhokama qilinmoqda.

👨‍💼 Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati, Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha komissiya raisi U. G‘ofurov talaba-yoshlar bilan ochiq va samimiy muloqot olib bormoqda.

💬 Uchrashuv davomida:

— yoshlarning bandligini ta’minlash

— biznes va tadbirkorlikka jalb qilish

— moliyaviy mustaqillikka erishish yo‘llari

— sug‘urta tizimining ahamiyati

kabi muhim mavzular atroflicha muhokama qilinmoqda.

🚀 Eng muhimi — yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga bevosita javob olib, real hayotiy tajriba va motivatsiya olishmoqda!

📌 Kelajak aynan bilimli, faol va moliyaviy savodxon yoshlar qo‘lida!

Slide 1 of 8