Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Сайловчилар билан учрашув
янв.21
Депутат томонидан қўйчилик хўжалиги фаолияти ўрганилди
янв.21
Қонун ижроси ўрганилди
янв.21
Deputat faoliyatidan
янв.21
#JARAYON
янв.21
Ижтимоий-иқтисодий дастурлар ижроси амалда
янв.21
Аҳоли бандлиги масалалари ўрганилди
янв.21
Доимий комиссиясининг навбатдаги йиғилиши ўтказилди
янв.21
Депутат олис чўл ҳудудидаги маҳаллада ижтимоий хизматлар ҳолатини ўрганди
янв.21
Маҳаллада бандлик ва ижтимоий ҳимоя масалалари кўздан кечирилди
YO‘L INFRATUZILMASI VA XAVFSIZLIK MASALALARI TAHLIL QILINDI

Xalq deputatlari shahar Kengashi deputatlari faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha o‘zlari saylangan hududlarda o‘rganishlar o‘tkazish bo‘yicha savolnomaning 8 bandi (mahallaning ichki yo‘llari xolati, ko‘chalarni tunda yortilishi, avtomabil yo‘llaridagi tirbandliklar, yo‘l transport hodisalari ko‘p sodir bo‘layotgan joylarda YTHlarni kamaytirishga qaratilgan chora-tadbirlari) ijrosini ta’minlash maqsadida shahar Kengashi deputati B.Djumaniyazov “Islomobod” mahallasida bo‘lib, mahalla ichki yo‘llari xolatini o‘rgandi. 

O‘rganish davomida asosiy e’tibor ko‘chalarning qattiq qoplamali (asfalt) yoki shag‘allashtirilganlik darajasi tahlil qilinib, ta’mirtalab qismlari monitoring qilindi, Aholi xavfsizligini ta’minlash maqsadida ko‘chalarni tunda yoritish chiroqlari bilan jihozlanganlik holati o‘rganildi hamda avtomobil yo‘llarida tirbandliklarning oldini olish va yo‘l-transport hodisalari (YTH) xavfi yuqori bo‘lgan nuqtalarni aniqlash choralariga urg‘u berildi. 

O‘rganish jarayonida deputat B.Djumaniyazov mahalla faollari va aholi vakillari bilan muloqot qilib, ularning taklif va e’tirozlarini tingladi. 

O‘rganish natijalariga ko‘ra, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, jumladan, tirbandliklar va YTHlar ko‘p sodir bo‘layotgan joylarda svetoforlar yoki tegishli yo‘l belgilarini o‘rnatish masalasi bo‘yicha mutasaddi tashkilotlarga deputatlik so‘rovi yuborilishi belgilab olindi. 

Slide 1 of 3