Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Сайловчилар билан учрашув
янв.21
Депутат томонидан қўйчилик хўжалиги фаолияти ўрганилди
янв.21
Қонун ижроси ўрганилди
янв.21
Deputat faoliyatidan
янв.21
#JARAYON
янв.21
Ижтимоий-иқтисодий дастурлар ижроси амалда
янв.21
Аҳоли бандлиги масалалари ўрганилди
янв.21
Доимий комиссиясининг навбатдаги йиғилиши ўтказилди
янв.21
Депутат олис чўл ҳудудидаги маҳаллада ижтимоий хизматлар ҳолатини ўрганди
янв.21
Маҳаллада бандлик ва ижтимоий ҳимоя масалалари кўздан кечирилди
#Andijon_shahar #ish_reja_ijrosi #deputatlik_faoliyati #deputat_hududlarda #Yettilik_faoliyati

#Andijon_shahar #ish_reja_ijrosi #deputatlik_faoliyati #deputat_hududlarda #Yettilik_faoliyati 

Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi 4-Shohbekat saylov okrugi deputati T. Isroilova hamda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati S. Yekaterina bilan birgalikda Andijon shahar Barkamol MFYga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida mahalla “yettiligi” faoliyati atroflicha o‘rganilib, ularning hududda olib borayotgan ishlari, aholi bilan ishlash tizimi hamda mavjud muammolarni aniqlash va bartaraf etish borasidagi sa’y-harakatlari tahlil qilindi. Xususan, fuqarolarga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar sifati, murojaatlar bilan ishlash holati, yoshlar va xotin-qizlar bilan olib borilayotgan ishlar yuzasidan batafsil fikr almashildi.

Shuningdek, mahalla infratuzilmasini yaxshilash, ichki yo‘llarni ta’mirlash, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan ishlar ham joyiga chiqqan holda ko‘zdan kechirildi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish hamda ishlarni yanada jadallashtirish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.

Mazkur o‘rganishlar hududlarda olib borilayotgan ishlar samaradorligini oshirish, aholi muammolarini o‘z vaqtida hal etish hamda fuqarolarning turmush darajasini yanada yaxshilashga xizmat qiladi.

Slide 1 of 4