🔰Fuqaro murojaati — e’tibor markazida
♻️Ohangaron shahrida aholi muammolarini tinglash va ularga ijobiy yechim topish deputatlik nazoratining muhim yo‘nalishidir.
Xalq deputatlari Ohangaron shahar Kengashi raisi Y.Alisherov, Kotibiyat mudiri O.Abdullayev hamda deputat M.Mo’minov tomonidan shahar 3-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganish davomida quyidagilarga asosiy e’tibor qaratildi:
• ✅ Fuqaro murojaatida keltirilgan holatlarning haqqoniyligi;
• ✅ Tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan sharoitlar va xonalarning sanitariya holati;
• ✅ Bolajonlarning ovqatlanish sifati va oshxona faoliyati.
O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi va murojaat ijrosi nazoratga olindi.