Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Маҳаллада бандлик ва ижтимоий ҳимоя масалалари кўздан кечирилди
янв.21
#JARAYON
янв.21
Халқ депутатлари Навоий вилоят Кенгаши котибияти мудири Ж.Ҳамроев ҳамда вилоят Кенгаши депутати Б.Жалолов Конимех тумани тиббиёт бирлашмасида бўлиб, аҳолига кўрсатилаётган тиббий хизматлар сифати юзасидан амалий ўрганишлар олиб бордилар.
янв.21
Туман Кенгашида кунлик ва ҳафталик вазифалар ижроси муҳокама қилинди
янв.21
#JARAYON
янв.21
Deputat faoliyatidan
янв.21
#JARAYON
янв.21
#JARAYON
янв.21
Deputat faoliyatidan
янв.21
Deputat faoliyatidan
Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashi raisi Xushnudbek Sultonov “Mahalla” tizimi faoliyatini o‘rganish maqsadida Oxunbabaev mahallasida bo‘ldi.

Tashrif davomida mahalla raisi hamda tegishli mas’ullar ishtirokida hududda amalga oshirilayotgan ishlar, mavjud muammolar va kelgusida rejalashtirilgan dasturlar atroflicha muhokama qilindi. Jumladan, aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, kam ta’minlangan oilalarga yordam ko‘rsatish, bandlikni ta’minlash, yoshlar va xotin-qizlar bilan ishlash, hudud infratuzilmasini yaxshilash borasida olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishildi.

Shuningdek, uchrashuv davomida fuqarolarning murojaatlari tinglanib, ularning muammolarini hal etish yuzasidan aniq chora-tadbirlar belgilandi. Ayrim masalalar joyida hal etilgan bo‘lsa, tizimli yondashuvni talab etadigan muammolar yuzasidan tegishli tashkilotlarga ko‘rsatmalar berildi.

Kengash raisi tomonidan mahallada olib borilayotgan ishlar tahlil qilinib, aholi turmush darajasini yanada yaxshilash, hududda obodonlashtirish ishlarini kuchaytirish, ijtimoiy xizmatlar sifatini oshirish hamda aholi bilan manzilli ishlashni takomillashtirish bo‘yicha o‘z taklif va tavsiyalari bildirildi.

Ta’kidlanganidek, mahalla tizimi aholi muammolarini o‘rganish va ularni hal etishda muhim bo‘g‘in hisoblanadi. Shu bois, har bir murojaat e’tibordan chetda qolmasligi, aholining ishonchini oqlash ustuvor vazifa ekani alohida qayd etildi.

Slide 1 of 1