Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Сайловчилар билан учрашув
янв.21
Депутат томонидан қўйчилик хўжалиги фаолияти ўрганилди
янв.21
Қонун ижроси ўрганилди
янв.21
Deputat faoliyatidan
янв.21
#JARAYON
янв.21
Ижтимоий-иқтисодий дастурлар ижроси амалда
янв.21
Аҳоли бандлиги масалалари ўрганилди
янв.21
Доимий комиссиясининг навбатдаги йиғилиши ўтказилди
янв.21
Депутат олис чўл ҳудудидаги маҳаллада ижтимоий хизматлар ҳолатини ўрганди
янв.21
Маҳаллада бандлик ва ижтимоий ҳимоя масалалари кўздан кечирилди
Deputat va saylovchi muloqoti: Muammolar yechimi diqqat markazida

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati Kengashining 2025-yil 14-yanvardagi KQ-35-sonli qarori ijrosini ta’minlash hamda aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotni tizimli yo‘lga qo‘yish maqsadida xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi deputati Sh.Allamurodova o‘z saylov okrugidagi “Bog‘ishamol” mahallasida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

⏺Mazkur uchrashuvda xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi raisi D.Normuradova ham ishtirok etib, aholini qiynayotgan masalalarni birgalikda o‘rgandi.

💬Samimiy va ochiq ruhda o‘tgan muloqot davomida mahalla ahlining ichki yo‘llarni ta’mirlash, tungi yoritish chiroqlarini o‘rnatish hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlashga oid murojaatlari tinglandi.

🫥Uchrashuv yakunida aniqlangan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilab olindi va ijrosi deputatlik nazoratiga olindi.

Slide 1 of 4