Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Маҳаллада бандлик ва ижтимоий ҳимоя масалалари кўздан кечирилди
янв.21
#JARAYON
янв.21
Халқ депутатлари Навоий вилоят Кенгаши котибияти мудири Ж.Ҳамроев ҳамда вилоят Кенгаши депутати Б.Жалолов Конимех тумани тиббиёт бирлашмасида бўлиб, аҳолига кўрсатилаётган тиббий хизматлар сифати юзасидан амалий ўрганишлар олиб бордилар.
янв.21
Туман Кенгашида кунлик ва ҳафталик вазифалар ижроси муҳокама қилинди
янв.21
#JARAYON
янв.21
Deputat faoliyatidan
янв.21
#JARAYON
янв.21
#JARAYON
янв.21
Deputat faoliyatidan
янв.21
Deputat faoliyatidan
Joriy yilning 12-mart kuni Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati, shahar hokimi Dilmurod Ergashev boshchiligida Hayot mahallasi binosida navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi.

Joriy yilning 12-mart kuni Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati, shahar hokimi Dilmurod Ergashev boshchiligida Hayot mahallasi binosida navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi.

Unda shaharning turli mahallalaridan kelgan 30 nafardan ortiq fuqarolar ishtirok etib, o‘zlarini qiziqtirgan muammo, taklif va murojaatlari bilan chiqish qildilar. Xususan, ijtimoiy masalalar, kommunal xizmatlar, bandlik, kredit olish, tadbirkorlikni rivojlantirish, kontrakt to‘lovlari, tibbiy yordam hamda boshqa qator masalalar yuzasidan murojaatlar atroflicha ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, Payshanba – yoshlar kuni doirasida ishsiz yoshlarni bandlikka jalb etish, ularni tadbirkorlik faoliyatiga yo‘naltirish hamda kasb-hunar o‘rganishlari uchun yaratilayotgan imkoniyatlar masalasiga alohida e’tibor qaratildi.Sayyor qabul davomida kelib tushgan murojaatlarning aksariyati joyida ijobiy hal etildi. Ayrim masalalar bo‘yicha esa tegishli tashkilot va mutasaddilarga aniq topshiriqlar berilib, ularning ijrosi nazoratga olindi. Mazkur sayyor qabul aholi bilan ochiq muloqotni kuchaytirish, fuqarolarning muammolarini joyida o‘rganish va ularni tezkor hal etishga xizmat qilmoqda.

Slide 1 of 10