Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Маҳаллада бандлик ва ижтимоий ҳимоя масалалари кўздан кечирилди
янв.21
#JARAYON
янв.21
Халқ депутатлари Навоий вилоят Кенгаши котибияти мудири Ж.Ҳамроев ҳамда вилоят Кенгаши депутати Б.Жалолов Конимех тумани тиббиёт бирлашмасида бўлиб, аҳолига кўрсатилаётган тиббий хизматлар сифати юзасидан амалий ўрганишлар олиб бордилар.
янв.21
Туман Кенгашида кунлик ва ҳафталик вазифалар ижроси муҳокама қилинди
янв.21
#JARAYON
янв.21
Deputat faoliyatidan
янв.21
#JARAYON
янв.21
#JARAYON
янв.21
Deputat faoliyatidan
янв.21
Deputat faoliyatidan
DEPUTATLAR VA "MAHALLA YETTILIGI" HAMKORLIGI

Ayni kunlarda respublikamiz bo‘ylab obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari keng ko‘lamda amalga oshirilmoqda. Ushbu jarayonlarda deputatlar ham faol ishtirok etib, hududlarni yanada obod va ko‘rkam qilishga o‘z hissalarini qo‘shib kelmoqda. Xususan, bugun Xalq deputatlari Parkent tumani Kengashiga 25-Oydin saylov okrugidan saylangan deputat Ismailov Qamariddin Abduraximovich o‘zi saylangan okrug hududidagi “Oydin” mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, mahalla yettiligi tomonidan olib borilayotgan obodonlashtirish ishlarida qatnashdi hamda ushbu ishlarga o‘z hissasini qo‘shdi. Tadbir davomida mahalla hududini ko‘kalamzorlashtirish maqsadida turli xil mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari ekildi. Mazkur ishlar hududning ekologik holatini yaxshilash, aholi uchun qulay va obod muhit yaratish, mahalla yettiligi hamda okrug saylovchilari bilan hamkorlikni yanada mustahkamlash, hududlarda amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ishlarida aholining faol ishtirokini ta’minlash hamda aholi kayfiyatini ko‘tarishga xizmat qiladi. 

Slide 1 of 4