Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Маҳаллада бандлик ва ижтимоий ҳимоя масалалари кўздан кечирилди
янв.21
#JARAYON
янв.21
Халқ депутатлари Навоий вилоят Кенгаши котибияти мудири Ж.Ҳамроев ҳамда вилоят Кенгаши депутати Б.Жалолов Конимех тумани тиббиёт бирлашмасида бўлиб, аҳолига кўрсатилаётган тиббий хизматлар сифати юзасидан амалий ўрганишлар олиб бордилар.
янв.21
Туман Кенгашида кунлик ва ҳафталик вазифалар ижроси муҳокама қилинди
янв.21
#JARAYON
янв.21
Deputat faoliyatidan
янв.21
#JARAYON
янв.21
#JARAYON
янв.21
Deputat faoliyatidan
янв.21
Deputat faoliyatidan
Deputat Kamolot mahallasi fuqarolari bilan uchrashdi. Mahalladagi dolzarb muammolar o‘rganildi

Xalq deputatlari Pastdarg'om tuman Kengashi deputati G.Bozorova Kamolot mahallasi fuqarolari bilan uchrashib, hududdagi mavjud muammolarni bevosita joyiga chiqib o‘rgandi. Uchrashuv davomida aholi tomonidan bir qator muhim masalalar ko‘tarildi.

Xususan, Kamolot MFY hududida joylashgan “Tibbiyotdan chiqqan chiqindilarni yo‘q qilish shahobchasi” faoliyati yuzasidan jiddiy e’tirozlar bildirildi. Ta’kidlanishicha, mazkur korxona hozirgi kunda tunda ishlamoqda va undan chiqayotgan tutun hamda kul mahalla aholisiga noqulaylik va zarar yetkazmoqda. Fuqarolar ushbu holatni qat’iy nazoratga olish va tegishli choralar ko‘rishni so‘rashdi.

Hududdagi simyog‘ochlar nihoyatda eskirgani, bu esa xavfsizlik nuqtai nazaridan muammo tug‘dirayotgani qayd etildi.

Deputat tomonidan ko‘tarilgan masalalar nazoratga olinib, mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda ijobiy hal etish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilishi ma’lum qilindi.

Slide 1 of 6