Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Маҳаллада бандлик ва ижтимоий ҳимоя масалалари кўздан кечирилди
янв.21
#JARAYON
янв.21
Халқ депутатлари Навоий вилоят Кенгаши котибияти мудири Ж.Ҳамроев ҳамда вилоят Кенгаши депутати Б.Жалолов Конимех тумани тиббиёт бирлашмасида бўлиб, аҳолига кўрсатилаётган тиббий хизматлар сифати юзасидан амалий ўрганишлар олиб бордилар.
янв.21
Туман Кенгашида кунлик ва ҳафталик вазифалар ижроси муҳокама қилинди
янв.21
#JARAYON
янв.21
Deputat faoliyatidan
янв.21
#JARAYON
янв.21
#JARAYON
янв.21
Deputat faoliyatidan
янв.21
Deputat faoliyatidan
HOKIM YORDAMCHILARI TOMONIDAN AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR SAMARADORLIGI, XUSUSAN AHOLINI KAMBAG‘ALLIKDAN CHIQARISH ISHLARI O‘RGANILDI.

Xalq deputatlari Parkent tumani Kengashiga 21-Nevich saylov okrugidan saylangan deputat Yoqubova Xusnora Abduxamidovna o‘zi saylangan okrugdagi “Qizilsoy” mahallasida bo‘lib, mahallada “Mahalla yettiligi” tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi. Xususan, hokim yordamchisi tomonidan aholini kambag‘allikdan chiqarish, ularning bandligini ta’minlash hamda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish borasida olib borilayotgan ishlar yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi. O‘rganish jarayonida hokim yordamchisi tomonidan mahallada 42 nafar doimiy daromad manbaiga ega bo‘lmagan ishsiz aholini kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qitish hamda ularning bandligini ta’minlash bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar olib borilayotgani, shuningdek oy boshidan buyon 6 nafar fuqaroga tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish hamda aholining tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida kredit mablag‘lari ajratilgani, 26 nafar fuqarolar o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilib, tashabbuskor fuqarolarning tadbirkorlikka qiziqishlarini aniqlash hamda ularning kichik biznes subyektiga aylanishiga ko‘maklashish uchun zarur ishlar olib borilayotgani ma`lum bo`ldi. Bundan tashqari, aholi bandligini ta’minlash maqsadida fuqarolarga ijara huquqi asosida yer maydonlari ajratish, mahallalarda kichik ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish yo‘nalishida mikroloyihalarni amalga oshirish bo‘yicha ishlar tashkil etilmoqda. 

Slide 1 of 3