Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Маҳаллада бандлик ва ижтимоий ҳимоя масалалари кўздан кечирилди
янв.21
#JARAYON
янв.21
Халқ депутатлари Навоий вилоят Кенгаши котибияти мудири Ж.Ҳамроев ҳамда вилоят Кенгаши депутати Б.Жалолов Конимех тумани тиббиёт бирлашмасида бўлиб, аҳолига кўрсатилаётган тиббий хизматлар сифати юзасидан амалий ўрганишлар олиб бордилар.
янв.21
Туман Кенгашида кунлик ва ҳафталик вазифалар ижроси муҳокама қилинди
янв.21
#JARAYON
янв.21
Deputat faoliyatidan
янв.21
#JARAYON
янв.21
#JARAYON
янв.21
Deputat faoliyatidan
янв.21
Deputat faoliyatidan
Deputatlik faoliyati

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi PF-209-son Farmoniga asosan mahallaning jamiyat hayotidagi o‘rnini oshirish hamda sohada boshqaruv tizimini takomillashtirish maqsadida mahalla raisi, hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli, profilaktika inspektori, ijtimoiy xodim va soliq inspektoridan iborat “Mahalla yettiligi”ni faoliyati yuzasidan Xalq deputatlari Bo‘ka tuman Kengashi deputati Raxmonova Shaxlo hamda kotibiyat bosh mutaxassisi Xalilova Dildora ishtirokida Toshloq MFYda qator o‘rganishlar olib borildi.

Mahalla raisi Asraqulov Rustam tomonidan obod mahalla, obod ko‘cha va obod xonadon mezonlari asosida ko‘chalarda hamda xonadonlarda muntazam hasharlar tashkil qilinmoqda. Yashil makon umummilliy loyihasi bo‘yicha xonadonlarga mevali va manzarali ko‘chatlar ekish bo‘yicha targ‘ibot ishlari amalga oshirilmoqda. 25 nafar oilaga homiylar tomonidan oziq ovqat mahsulotlari va moddiy yordamlar ajratilgan.

Hokim yordamchisi Umirov Alisher tomonidan 17 nafar ishsiz fuqarolarning bandligi ta’minlanishiga ko’maklashilgan, 4 ta mikroloyiha tashkil etildi, natijada 

8 ta yangi ish o’rni yaratildi va 2 nafar fuqaroga “Har bir oila tadbirkor davlat dasturi” doirasida 75 mln so‘m miqdorida imtiyozli kredit ajratilishiga ko’maklashildi.

Xotin qizlar faoli Malikova Gulnora tomonidan 4 ta ajrim yoqasidagi oilalar yarashtirilgan, potrnaj hamshiralari bilan birgalikda 15 ta oilalarga borib sog‘lom turmush tarzi yuzasidan tushuntirish ishlari olib borilgan.

Yoshlar yetakchisi tomonidan xatlov natijasida 13 nafar ishsiz yoshlar aniqlangan. Undan 1 nafari Murodov Qodir muddatli harbiy xizmatga jalb qilingan.

Slide 1 of 7