Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Сайловчилар билан учрашув
янв.21
Депутат томонидан қўйчилик хўжалиги фаолияти ўрганилди
янв.21
Қонун ижроси ўрганилди
янв.21
Deputat faoliyatidan
янв.21
#JARAYON
янв.21
Ижтимоий-иқтисодий дастурлар ижроси амалда
янв.21
Аҳоли бандлиги масалалари ўрганилди
янв.21
Доимий комиссиясининг навбатдаги йиғилиши ўтказилди
янв.21
Депутат олис чўл ҳудудидаги маҳаллада ижтимоий хизматлар ҳолатини ўрганди
янв.21
Маҳаллада бандлик ва ижтимоий ҳимоя масалалари кўздан кечирилди
“Oqostona” mahallasi ahliga rahmat, endi navbat mutasaddilarga!

“Oqostona” mahallasi ahliga rahmat, endi navbat mutasaddilarga!

⚫️Bugun joylarda “Obod mahalla” dasturlari ijrosini ko‘ryapmiz, biroq hammasini ham davlatdan kutib o‘tirmasdan, o‘z hududi obodligi uchun hissa qo‘shayotgan saxovatpesha hamyurtlarimiz borligidan faxrlanamiz.

⚫️Muammo nimada?

“Oqostona” mahallasi, “Oqostona” ko‘chasidagi mavjud elektr tayanchlari (ustunlari) ma’nan eskirgan va ta’mirtalab holatga kelib qolgan. Bu esa qishin-yozin hududda elektr ta’minoti xavfsizligiga xavf tug‘dirmoqda.

⚫️Xalqning tashabbusi:

Mahallaning saxovatpesha fuqarolari tomonidan o‘z mablag‘lari hisobidan 35 dona yangi beton ustunlar xarid qilindi. Odamlar o‘z vazifasini bajardi — endi navbat professional xizmatga!

⚫️Deputat so‘rovi:

Mazkur masalaga yechim topish maqsadida Hududiy elektr tarmoqlari korxonasi va tegishli mutasaddi tashkilotlar rahbarlariga Deputat so‘rovi yuborildi.

⚫️So‘rovda quyidagi talablar qo‘yildi:

✅Aholi tomonidan olingan 35 dona beton ustunni o‘rnatish uchun maxsus texnika (Yamoqazgich, kran) ajratish;

✅Mutaxassislar nazorati ostida xavfsizlik qoidalariga rioya qilgan holda montaj ishlarini yakunlash.

⚫️Xalq o‘z hissasini qo‘shganda, mutasaddi tashkilotlar texnika va ishchi kuchi bilan ko‘mak bermasligi adolatdan emas. Masala to‘liq hal etilgunga qadar nazoratimizda bo‘ladi.                                                                                                                                                                                                

Slide 1 of 1