Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Маҳаллада бандлик ва ижтимоий ҳимоя масалалари кўздан кечирилди
янв.21
#JARAYON
янв.21
Халқ депутатлари Навоий вилоят Кенгаши котибияти мудири Ж.Ҳамроев ҳамда вилоят Кенгаши депутати Б.Жалолов Конимех тумани тиббиёт бирлашмасида бўлиб, аҳолига кўрсатилаётган тиббий хизматлар сифати юзасидан амалий ўрганишлар олиб бордилар.
янв.21
Туман Кенгашида кунлик ва ҳафталик вазифалар ижроси муҳокама қилинди
янв.21
#JARAYON
янв.21
Deputat faoliyatidan
янв.21
#JARAYON
янв.21
#JARAYON
янв.21
Deputat faoliyatidan
янв.21
Deputat faoliyatidan
“Ayollar daftari” bo‘yicha olib borilayotgan ishlar o‘rganildi

🔹 Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan Ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 7-martdagi PF-87-son Farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 31-martdagi 145-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida tumanda yettinchi bosqich “Ayollar daftari” ro‘yxatiga kiritilgan xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashi raisi O.Babayev, deputatlar E.Shokirov, A.Mannobov, kotibiyat xodimi N.Kurganova tomonlaridan tuman hokimi o‘rinbosari – oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i L.Shodiyeva ishtirokida o‘rganildi.

🔹O‘rganish davomida tuman bo‘yicha “Ayollar daftari” ro‘yxatiga olingan jami 4400 nafar xotin-qizlarning birinchi toifasiga 60 nafarini tadbirkorlik yo‘nalishida o‘qitish bo‘yicha Xalqaro ishbilarmon ayollar assotsiatsiyasi hamda Germaniya davlatining “German Sparkassenstiftung” xalqaro korporatsiyasi tomonidan tashkil etilgan o‘quv-seminar mazmuni va sifati ko‘zdan kechirildi.

🔹Shuningdek, assotsiatsiyasining Toshkent viloyati kengashi rahbari S.Nosirova bilan xotin-qizlarda tadbirkorlik ko‘nikmalarini yaratish, biznes-rejalar ishlab chiqish bo‘yicha o‘quv dasturi yuzasidan suhbatlashildi. 

Slide 1 of 3