Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Маҳаллада бандлик ва ижтимоий ҳимоя масалалари кўздан кечирилди
янв.21
#JARAYON
янв.21
Халқ депутатлари Навоий вилоят Кенгаши котибияти мудири Ж.Ҳамроев ҳамда вилоят Кенгаши депутати Б.Жалолов Конимех тумани тиббиёт бирлашмасида бўлиб, аҳолига кўрсатилаётган тиббий хизматлар сифати юзасидан амалий ўрганишлар олиб бордилар.
янв.21
Туман Кенгашида кунлик ва ҳафталик вазифалар ижроси муҳокама қилинди
янв.21
#JARAYON
янв.21
Deputat faoliyatidan
янв.21
#JARAYON
янв.21
#JARAYON
янв.21
Deputat faoliyatidan
янв.21
Deputat faoliyatidan
DEPUTAT VA YOSHLAR UCHRASHUVI

 Xalq deputatlari shahar Kengashi deputatlari M.Ergashova hamda R.Jo‘rayevalar ishtirokida “Deputat va yoshlar” mavzusida uchrashuv tashkil etildi. Mazkur uchrashuvning
asosiy maqsadi yoshlar bilan ochiq muloqot o‘rnatish, ularning muammo va takliflarini tinglash hamda yoshlarning jamiyatdagi faolligini yanada oshirishdan iborat bo‘ldi.

Uchrashuv davomida deputatlar yoshlar bilan samimiy suhbat qurib, bugungi kunda mamlakatimizda yoshlarga yaratilayotgan keng imkoniyatlar, ularning bilim olishi, kasb-hunar egallashi va tadbirkorlik faoliyatini boshlashi uchun yaratilgan sharoitlar haqida batafsil to‘xtalib o‘tdilar.
Shuningdek, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda ijtimoiy hayotdagi faolligini kuchaytirish masalalari ham muhokama qilindi.

Muloqot jarayonida yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan deputatlarga murojaat qildilar. Jumladan, bandlik, ta’lim, sport va madaniyat sohalarini rivojlantirish, shuningdek yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlardan samarali foydalanish yuzasidan o‘z fikr va takliflarini bildirdilar.
Deputatlar esa ko‘tarilgan masalalar yuzasidan tegishli tushuntirishlar berib, yoshlarning tashabbus va g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanliklarini ta’kidladilar.
Uchrashuv yakunida yoshlar tomonidan bildirilgan taklif va muammolarni o‘rganish hamda ularning ijobiy yechim topishi yuzasidan amaliy choralar ko‘rilishi qayd etildi. Bunday uchrashuvlar yoshlar va deputatlar o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash, yoshlarning jamiyat hayotidagi faolligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.   

Slide 1 of 6