Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Маҳаллада бандлик ва ижтимоий ҳимоя масалалари кўздан кечирилди
янв.21
#JARAYON
янв.21
Халқ депутатлари Навоий вилоят Кенгаши котибияти мудири Ж.Ҳамроев ҳамда вилоят Кенгаши депутати Б.Жалолов Конимех тумани тиббиёт бирлашмасида бўлиб, аҳолига кўрсатилаётган тиббий хизматлар сифати юзасидан амалий ўрганишлар олиб бордилар.
янв.21
Туман Кенгашида кунлик ва ҳафталик вазифалар ижроси муҳокама қилинди
янв.21
#JARAYON
янв.21
Deputat faoliyatidan
янв.21
#JARAYON
янв.21
#JARAYON
янв.21
Deputat faoliyatidan
янв.21
Deputat faoliyatidan
Deputat yoshlar bilan uchrashuvi

Har payshanba – “Yoshlar kuni”: Deputat yoshlar bilan uchrashuvi

 Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi deputati Turdiqul Bobomuratov Olmazor tumani hududida joylashgan Toshkent davlat tibbiyot universitetida yoshlar bilan uchrashdi. Uchrashuv har payshanba kuni o‘tkaziladigan “Yoshlar kuni” doirasida tashkil etildi.

 Uchrashuv davomida deputat yoshlar siyosati sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, ta’lim tizimidagi yangilanishlar hamda iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yaratilayotgan imkoniyatlar haqida so‘z yuritdi. O‘z nutqida u yoshlar jamiyatning eng faol va tashabbuskor qatlami ekanini, ularning bilim olishi, kasb-hunar egallashi va Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalanishi davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekanini ta’kidladi.

 Tadbir ochiq muloqot shaklida o‘tdi. Yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar, taklif va tashabbuslarini bildirishdi. Deputat tomonidan berilgan savollarga batafsil javoblar berilib, ilgari surilgan takliflar nazoratga olindi. Mazkur uchrashuv yoshlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ularning fikr va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgani bilan ahamiyatli bo‘ldi.

Slide 1 of 4