Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Маҳаллада бандлик ва ижтимоий ҳимоя масалалари кўздан кечирилди
янв.21
#JARAYON
янв.21
Халқ депутатлари Навоий вилоят Кенгаши котибияти мудири Ж.Ҳамроев ҳамда вилоят Кенгаши депутати Б.Жалолов Конимех тумани тиббиёт бирлашмасида бўлиб, аҳолига кўрсатилаётган тиббий хизматлар сифати юзасидан амалий ўрганишлар олиб бордилар.
янв.21
Туман Кенгашида кунлик ва ҳафталик вазифалар ижроси муҳокама қилинди
янв.21
#JARAYON
янв.21
Deputat faoliyatidan
янв.21
#JARAYON
янв.21
#JARAYON
янв.21
Deputat faoliyatidan
янв.21
Deputat faoliyatidan
Baxmal tumanida deputatlar tomonidan tibbiyot muassasalari faoliyati o‘rganildi.

Baxmal tumanida deputatlar tomonidan tibbiyot muassasalari faoliyati o‘rganildi.

Xalq deputatlari Baxmal tuman Kengashi deputatlari A.Zikiryayev va G.Keldibekova o‘zlarining deputatlik faoliyatini belgilangan “24 ta eng muhim yo‘nalish” mezonlari asosida tizimli ravishda olib bormoqda. Mazkur yo‘nalishlar hududlarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni ta’minlash, aholining muammolarini o‘rganish, tibbiyot, ta’lim, bandlik, infratuzilma va boshqa sohalardagi dolzarb masalalarni hal etishga qaratilgan. 

Shu maqsadda deputatlar tomonidan joylarda o‘rganish ishlari muntazam tashkil etilmoqda. Navbatdagi o‘rganish ishlari Baxmal tumanidagi “3-sonli Oilaviy poliklinika” faoliyati bilan tanishishdan boshlandi. Tashrif davomida poliklinikaning moddiy-texnik bazasi, aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati, dori-darmon ta’minoti hamda shifokor va hamshiralar uchun yaratilgan shart-sharoitlar atroflicha o‘rganildi.
Shuningdek, deputatlar tibbiyot muassasasi xodimlari va murojaat bilan kelgan fuqarolar bilan suhbatlashib, ularni qiynayotgan muammolar hamda takliflarini tingladilar. O‘rganish jarayonida bir qator muammolar va ularning yechimiga doir takliflar qayd etildi. Ushbu masalalarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rish rejalashtirildi.

Mazkur o‘rganish ishlari deputatlarning hududdagi ijtimoiy soha obyektlari faoliyatini yaqindan o‘rganish, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish hamda aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yanada yaxshilashga qaratilgan muhim qadamlardan biri hisoblanadi.

Slide 1 of 5