Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Маҳаллада бандлик ва ижтимоий ҳимоя масалалари кўздан кечирилди
янв.21
#JARAYON
янв.21
Халқ депутатлари Навоий вилоят Кенгаши котибияти мудири Ж.Ҳамроев ҳамда вилоят Кенгаши депутати Б.Жалолов Конимех тумани тиббиёт бирлашмасида бўлиб, аҳолига кўрсатилаётган тиббий хизматлар сифати юзасидан амалий ўрганишлар олиб бордилар.
янв.21
Туман Кенгашида кунлик ва ҳафталик вазифалар ижроси муҳокама қилинди
янв.21
#JARAYON
янв.21
Deputat faoliyatidan
янв.21
#JARAYON
янв.21
#JARAYON
янв.21
Deputat faoliyatidan
янв.21
Deputat faoliyatidan
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Viloyat hamda tuman Kengashi deputatlari Abdurasul Bababekov va Xurshid Jo‘raxolovlar tomonidan Boyovut tumani “Shirin” mahallasida hududida bo‘lib, aholi bilan uchrashuv o‘tkazdilar. Uchrashuv davomida fuqarolarning muammo va takliflari tinglanib, ularni joyida o‘rganish ishlari amalga oshirildi.

Muloqot jarayonida mahalladagi bir qator ijtimoiy masalalar, jumladan, infratuzilmani yaxshilash, aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish hamda “Tashabbusli budjet” dasturi doirasida amalga oshirilayotgan loyihalar yuzasidan fikr almashildi.

Shuningdek, “Farovon” ko‘chasida yo‘l yoqasidan o‘tgan ichimlik suvi quvuri shikastlanganligi sababli aholiga qiyinchilik tug‘ilgani haqida fuqarolar tomonidan murojaat bildirildi. Mazkur holatni bartaraf etish, ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash va muammoni tezkor hal etish bo‘yicha mutasaddi tashkilotlarga tegishli taklif va tavsiyalar berildi.

Uchrashuv yakunida aholini qiynayotgan masalalarni bosqichma-bosqich hal etish, fuqarolar murojaatlarini doimiy nazoratga olish hamda mahalla infratuzilmasini yanada yaxshilash bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.

Slide 1 of 5