Uchrashuv davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan yoshlar bilan o‘tkazilgan uchrashuvlarda ilgari surilgan muhim tashabbuslar hamda yosh avlodni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan islohotlar haqida batafsil ma’lumot berildi.
Shuningdek, yoshlar uchun yaratilayotgan zamonaviy ta’lim sharoitlari, chet tillarini o‘rganish imkoniyatlari, kasb-hunar egallash hamda ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Haftaning har payshanba kuni “Yoshlar kuni” etib belgilanganligi yana bir bor eslatib o‘tildi.
Uchrashuv yakunida yoshlarning taklif va fikrlari tinglanib, ularni qiynayotgan masalalar yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.