Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Paxtakor tumanida Oliy Majlis Senati a'zosi va deputat ishtirokida sayyor qabul tashkil etildi

Paxtakor tumanida Oliy Majlis Senati a'zosi va deputat ishtirokida sayyor qabul tashkil etildi

O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati a’zosi, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Jizzax viloyati Kengashi raisi N.Pardayev, Xalq deputatlari Paxtakor tuman Kengashi deputati, tuman hokimi X.Abduvoxidov, tuman prokurori X.Gaziyev, tuman IIB boshlig‘i Y.Akaboyevlar ishtirokida Do‘stlik mahallasida sayyor qabul o‘tkazildi.

🤝 Qabul davomida fuqarolarning murojaatlari tinglanib, ularni qiynab kelayotgan muammolar yuzasidan tegishli tashkilotlarga aniq topshiriqlar berildi.

✅ Ayrim masalalar joyida hal etildi, qo‘shimcha o‘rganish talab etiladigan murojaatlar esa nazoratga olindi.

📍 Aholi bilan ochiq muloqot qilish va ularning muammolarini ijobiy hal etish borasidagi ishlar izchil davom etmoqda.

Slide 1 of 7