Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
TUMAN HOKIMINING AHOLI VA TADBIRKORLARGA MUROJAATNOMASI - TUMAN RIVOJI YO'LIDA MUHIM QADAM
янв.21
MAQOLA
янв.21
МАҲАЛЛАДА МУРОЖААТНОМА ТАРҒИБОТИ: АҲОЛИ БИЛАН ОЧИҚ МУЛОҚОТ
янв.21
XALQ DEPUTATLARI TUMAN KENGASHI DEPUTATI - TUMAN HOKIMI R.RO'ZIYEVNING AHOLI VA TADBIRKORLARGA MUROJAATNOMASI - TUMAN RIVOJI YO'LIDA MUHIM QADAM
янв.21
Семинар-йиғилиш бўлиб ўтди
янв.21
Targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
янв.21
“Ажрим ёқасидаги оилалар тақдири – эътибор марказида”
янв.21
ДЕПУТАТЛАР САЙЁР ЎРГАНИШДА
янв.21
XALQ DEPUTATLARI KONIMEX TUMANI KENGASHINING O'N ETTINCHI SESSIYASI BO'LIB O'TDI
янв.21
“Креатив тадбиркор ёшлар” лойиҳаси доирасида депутатлар ва ёшлар иштирокида очиқ мулоқот тадбири ташкил этилди.
Saylovchilar bilan uchrashuv

XALQ DEPUTATLARI BANDIXON TUMANI KENGASHI

Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi deputatlarining 2026-yilning I yarmi uchun saylovchilar bilan uchrashuvlar jadvaliga asosan Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Yo'ldoshev Bahrom Xolto'rayevich “Bektepa” mahalla fuqarolar yig'inida o'z saylovchilari bilan uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuvda mahalla yettiligi vakillari, ma’sul tashkilot xodimlari va fuqarolar ishtirok etdi. 

 Shuningdek, deputat mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-siyosiy islohotlar, hududlarni rivojlantirishga qaratilgan davlat dasturlari hamda aholi turmush darajasini oshirish bo‘yicha olib borilayotgan tizimli ishlar haqida atroflicha ma’lumot berdi. 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2025-yil 26-dekabr kuni Oliy Majlisga yo‘llagan Murojaatnomasida belgilangan ustuvor vazifalar, jumladan “O‘zbekiston – 2030” strategiyasining yangi tahriri ustida olib borilayotgan ishlar muhokama qilindi hamda jamoatchilik fikrining muhimligi alohida ta’kidlandi.

Uchrashuv davomida Strategiyaning davlat boshqaruvi tizimida erishish ko‘zda tutilgan vazifalar muhokama qilindi. Deputat tomonidan “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiy ettirishga, davlat boshqaruvi tizimini rivojlantirishga xizmat qilishi ta’kidlandi.

Uchrashuv davomida deputat tomonidan saylovchilarga mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, qabul qilingan farmon va qarorlar ijrosi borasida qilinayotgan ishlar xususida tushuntirish ishlarini olib borilib, o‘tgan davr mobaynida saylovchilar murojaati asosida joylardagi mavjud kamchilik va muammolar atroflicha o‘rganib chiqildi.

Uchrashuv so‘nggida hududda mavjud muammolar, fuqarolar tomonidan berilgan takliflar yechimi yuzasidan rejalar tuzilib, fuqarolar murojaatlari tegishli tashkilotlarga deputatlik so'rovlari yuborilishi belgilab olindi.

Slide 1 of 11