Kotibiyat ish rejasiga asosan Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashining 13-Ozodlik saylov okrugidan saylangan deputati Xalnisa Shayimovaning faoliyati “Deputat bilan bir kun” loyihasi doirasida “Paxtakor” mahallasi o‘rganildi.
📄 Deputat “Paxtakor” mahallasida fuqarolardan kelib tushgan murojaatlar asosida hududda o‘rganishlar olib bordi. O‘rganishlar davomida quyidagi muammolar aniqlandi:
➡️ 14-sonli umumta’lim maktabining sport zali ta’mirga muhtoj.
➡️ 14-sonli maktabga olib boruvchi yo‘lda transport vositalari yuqori tezlikda harakatlanayotgani sababli, ushbu hududga ko‘chma svetofor o‘rnatish zarur.
➡️ “Paxtakor” mahallasi Yuksalish ko‘chasi, 84-xonadonda yashovchi fuqaro Y.X xonadoniga elektr simlari o‘zboshimchalik bilan tortilgan. Mazkur hududda elektr ustuni o‘rnatib, elektr tarmog‘ini belgilangan tartibda tashkil etish talab etiladi.
➡️ “Paxtakor” mahallasi “Yuksalish” ko‘chasi ta’mirtalab holatda. Ushbu masala yuzasidan Viloyat Do‘stlik kanal boshqarmasida mutaxassis B. Ibodullayev bilan uchrashuv o‘tkazilib, muammoni hal etish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
➡️ “Paxtakor” mahallasidagi ayrim xonadon egalari tomorqa yerlarini sug‘orish imkoniyati mavjud emasligi yuzasidan murojaat qilishdi.
➡️ “Toza hudud” davlat unitar korxonasi tomonidan xizmatlar ko‘rsatilmagan bo‘lsa-da, fuqarolarga qarzdorlik hisoblangani bo‘yicha e’tirozlar bildirildi.
📨 Aniqlangan muammolar yuzasidan tegishli tashkilotlarga deputat so‘rovlari va takliflar kiritilishi belgilandi.