Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Семинар-йиғилиш бўлиб ўтди
янв.21
Targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
янв.21
“Ажрим ёқасидаги оилалар тақдири – эътибор марказида”
янв.21
ДЕПУТАТЛАР САЙЁР ЎРГАНИШДА
янв.21
XALQ DEPUTATLARI KONIMEX TUMANI KENGASHINING O'N ETTINCHI SESSIYASI BO'LIB O'TDI
янв.21
“Креатив тадбиркор ёшлар” лойиҳаси доирасида депутатлар ва ёшлар иштирокида очиқ мулоқот тадбири ташкил этилди.
янв.21
Deputat sayyor qabul o‘tkazdi
янв.21
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasi: milliy taraqqiyotning yangi bosqichi jamoatchilik muhokamasida
янв.21
#JARAYON
янв.21
Deputat faoliyatidan
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Murojaatnomasi hamda “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini takomillashtirishning mazmun-mohiyati va uning amaliy ahamiyati yuzasidan uchrashuv o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Murojaatnomasi hamda “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini takomillashtirishning mazmun-mohiyati va uning amaliy ahamiyati yuzasidan uchrashuv📝 o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan Murojaatnomasi hamda mamlakatimizni rivojlantirish strategiyasida belgilangan ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.️ Tadbirda Prezident huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi dotsenti, Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputati Ulug'bek Saidov, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, Xalq deputatlari Toshkent shahar kenashi deputati Zulfiya Mo‘minova mavzu doirasida ma’ruza qildi.

Mazkur tadbirda Prezidentimiz Murojaatnomasida ilgari surilgan muhim g‘oya va tashabbuslar, jumladan, inson qadrini ulug‘lash, adolatli jamiyat barpo etish, iqtisodiyotni barqaror rivojlantirish, ta’lim va ma’naviyat sohalarini yangi bosqichga olib chiqish masalalari atroflicha muhokama qilindi. Shuningdek, Yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lida qabul qilingan taraqqiyot strategiyasining asosiy yo‘nalishlari, davlat va jamiyat hayotida ochiqlik, qonun ustuvorligi, fuqarolarning ijtimoiy faolligini oshirish kabi ustuvor maqsadlar bo‘yicha tushuntirishlar berildi. Tadbir davomida ishtirokchilar Prezidentimiz tomonidan belgilab berilgan vazifalar har bir soha vakili uchun muhim dasturilamal ekanini ta’kidlab, ularni hayotga tatbiq etishda mas’uliyat bilan yondashish zarurligini qayd etdilar.

  Tadbir yakunida Murojaatnomada belgilangan vazifalarni chuqur o‘rganish, ularning mazmun-mohiyatini jamoatchilik o‘rtasida keng targ‘ib etish hamda amaliy faoliyatda izchil amalga oshirish muhimligi alohida e’tirof etildi.

Slide 1 of 9