Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Семинар-йиғилиш бўлиб ўтди
янв.21
Targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
янв.21
“Ажрим ёқасидаги оилалар тақдири – эътибор марказида”
янв.21
ДЕПУТАТЛАР САЙЁР ЎРГАНИШДА
янв.21
XALQ DEPUTATLARI KONIMEX TUMANI KENGASHINING O'N ETTINCHI SESSIYASI BO'LIB O'TDI
янв.21
“Креатив тадбиркор ёшлар” лойиҳаси доирасида депутатлар ва ёшлар иштирокида очиқ мулоқот тадбири ташкил этилди.
янв.21
Deputat sayyor qabul o‘tkazdi
янв.21
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasi: milliy taraqqiyotning yangi bosqichi jamoatchilik muhokamasida
янв.21
#JARAYON
янв.21
Deputat faoliyatidan
Boburshoh mahallasida jinoyat yuzasidan jamoatchilik muhokamasi o‘tkazildi

Boburshoh mahallasida jinoyat yuzasidan jamoatchilik muhokamasi o‘tkazildi

Namangan shahri Boburshoh mahallasida ikki nafar fuqaro o‘rtasida kelib chiqqan o‘zaro tortishuv oqibatida sodir etilgan jinoyat yuzasidan jamoatchilik muhokamasi bo‘lib o‘tdi. Muhokamada Namangan shahar hokimi, ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i, Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi raisi, deputat R. Isakov hamda mahalla faollari ishtirok etdi.

Uchrashuvda muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida davlat va jamiyat xavfsizligiga tahdid solayotgan uyushgan jinoyatchilik, narkojinoyatlar, kiberjinoyatlar hamda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish bo‘yicha berilgan muhim topshiriqlarning mazmun-mohiyati mahalla fuqarolariga yetkazildi.

Xususan, jinoyatchilikka qarshi kurashishda asosiy e’tibor uning oldini olishga, mahallalarda tinch va sog‘lom muhitni ta’minlashga qaratilishi ta’kidlandi. Shuningdek, yoshlar o‘rtasida jinoyatchilikning oldini olish maqsadida ular bilan manzilli ishlash, bandligini ta’minlash hamda sport va madaniy tadbirlarga jalb etish zarurligi qayd etildi.

Uchrashuv yakunida mahalla fuqarolari jinoyatchilikka nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish va yoshlarni sog‘lom hayot tarziga yo‘naltirishda faol bo‘lishga chaqirildi.

Slide 1 of 5