Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Семинар-йиғилиш бўлиб ўтди
янв.21
Targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
янв.21
“Ажрим ёқасидаги оилалар тақдири – эътибор марказида”
янв.21
ДЕПУТАТЛАР САЙЁР ЎРГАНИШДА
янв.21
XALQ DEPUTATLARI KONIMEX TUMANI KENGASHINING O'N ETTINCHI SESSIYASI BO'LIB O'TDI
янв.21
“Креатив тадбиркор ёшлар” лойиҳаси доирасида депутатлар ва ёшлар иштирокида очиқ мулоқот тадбири ташкил этилди.
янв.21
Deputat sayyor qabul o‘tkazdi
янв.21
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasi: milliy taraqqiyotning yangi bosqichi jamoatchilik muhokamasida
янв.21
#JARAYON
янв.21
Deputat faoliyatidan
Yangikent mahallasida yong‘indan zarar ko‘rgan xonadon holati o‘rganildi

Zarbdor tuman hokimi Bekzod Tashpulatov, tuman prokurori Ravshan Masharipov, tuman IIB boshlig‘i Elyor Axmedov, tuman Kengashi deputati Furqat Sarimsoqov hamda “Nuroniy” jamg‘armasi raisi Abdulla Azimov Yangikent mahallasida istiqomat qiluvchi fuqaroning uyida sodir bo‘lgan baxtsiz hodisa oqibatida yong‘indan zarar ko‘rgan xonadon holati bilan tanishdi.

Tashrif davomida xonadonda yashovchi fuqarolar bilan suhbat o‘tkazilib, yetkazilgan zararlar o‘rganildi hamda ularga moddiy yordam ko‘rsatish masalalari belgilandi.

Shuningdek, mutasaddilar tomonidan aholiga yong‘in xavfsizligi qoidalariga qat’iy rioya etish, elektr va gaz jihozlaridan foydalanishda hushyor bo‘lish hamda favqulodda holatlarning oldini olish bo‘yicha ogohlantirish va tushuntirish ishlari olib borildi.

Ma’lumot o‘rnida, mazkur hodisa natijasida insonlar orasida vafot etgan va tan jarohati olganlar yo‘q.

Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashi kotibiyati

Slide 1 of 4