Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ДЕПУТАТЛАР САЙЁР ЎРГАНИШДА
янв.21
XALQ DEPUTATLARI KONIMEX TUMANI KENGASHINING O'N ETTINCHI SESSIYASI BO'LIB O'TDI
янв.21
“Креатив тадбиркор ёшлар” лойиҳаси доирасида депутатлар ва ёшлар иштирокида очиқ мулоқот тадбири ташкил этилди.
янв.21
Deputat sayyor qabul o‘tkazdi
янв.21
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasi: milliy taraqqiyotning yangi bosqichi jamoatchilik muhokamasida
янв.21
#JARAYON
янв.21
Deputat faoliyatidan
янв.21
Deputat faoliyatidan
янв.21
Deputat faoliyatidan
янв.21
XALQ DEPUTATLARI KONIMEX TUMAN KENGASHINING  NAVBATDAGI O'N BYEShINCHI SESSIYASI O'TKAZILDI
DEPUTAT FAOLIYATI

Xalq deputatlari Oltinsoy tuman Kengashi deputati Mamatmuratov A’zamat Karamatovich tashabbusi hamda tegishli tashkilotlar bilan o‘zaro kelishilgan holda Oltinsoy tumanidagi “Jiyanbobo” mahallasi Mevazor ko‘chasining 850 metr qismida toshlash (shag‘allash) ishlari amalga oshirildi.

Mazkur tashabbus mahalla aholisining kundalik harakatlanishi uchun qulay sharoitlar yaratish, yo‘l infratuzilmasini yaxshilash hamda fuqarolarning murojaatlarini amalda hal etishga qaratilgan. Amalga oshirilgan ishlar natijasida hududda transport va piyodalar harakati sezilarli darajada yaxshilandi.

Ta’kidlash joizki, mazkur loyiha deputat tomonidan joylarda aholi bilan olib borilgan uchrashuvlar davomida bildirilgan taklif va ehtiyojlar asosida amalga oshirildi. 

Kelgusida ham hudud infratuzilmasini rivojlantirishga qaratilgan bunday amaliy ishlar izchil davom ettirilishi rejalashtirilgan.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

Slide 1 of 3