Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Креатив тадбиркор ёшлар” лойиҳаси доирасида депутатлар ва ёшлар иштирокида очиқ мулоқот тадбири ташкил этилди.
янв.21
Deputat sayyor qabul o‘tkazdi
янв.21
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasi: milliy taraqqiyotning yangi bosqichi jamoatchilik muhokamasida
янв.21
#JARAYON
янв.21
Deputat faoliyatidan
янв.21
Deputat faoliyatidan
янв.21
Deputat faoliyatidan
янв.21
XALQ DEPUTATLARI KONIMEX TUMAN KENGASHINING  NAVBATDAGI O'N BYEShINCHI SESSIYASI O'TKAZILDI
янв.21
Tuman hokimi "Yangiqazg‘on" va "Sarjal" ovul fuqarolar yig‘inida sayyor qabul o‘tkazdi.
янв.21
Deputatlar ta’lim maskanida: 19-maktabning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi o‘rganildi
Prezidentimizning Davosda Tinchlik kengashi Nizomini imzolashi — mamlakatimiz tashqi siyosatining prinsipial va amaliy mantiqidan kelib chiqadigan strategik qarordir.

#Munosabat

Prezidentimizning Davosda Tinchlik kengashi Nizomini imzolashi — mamlakatimiz tashqi siyosatining prinsipial va amaliy mantiqidan kelib chiqadigan strategik qarordir.

O‘zbekiston ta’sischi davlatlardan biri sifatida ushbu tuzilma faoliyatiga qo‘shilar ekan, eng avvalo, milliy xavfsizlik manfaatlarini kengroq mintaqaviy barqarorlik bilan uzviy bog‘lamoqda.

Yaqin Sharqdagi mojarolar va gumanitar inqirozlar bir hudud bilan cheklanib qolmaydi, ularning oqibatlari radikallashuv, ekstremistik tarmoqlarning faollashuvi, noqonuniy migratsiya va transmilliy tahdidlar ko‘rinishida butun mintaqalarga tarqaladi.

Shu ma’noda, G‘azo atrofidagi keskinlikni kamaytirish va barqaror siyosiy yechim topishga qaratilgan xalqaro formatda ishtirok etish O‘zbekiston uchun — o‘z xavfsizligini oldindan mustahkamlash, tahdidlarni ildizida jilovlash va tinchlikni amaliy instrumentlar orqali qo‘llab-quvvatlash demakdir.

Bu tashabbus O‘zbekistonning tashqi siyosat tamoyillariga mos, vazifalari bizning manfaatlarimiz bilan uyg‘un. Eng muhimi, mintaqada mamlakatimiz uchun strategik ahamiyatga ega yo‘nalishlarda manfaatli loyihalar, gumanitar sa’y-harakatlar va barqarorlikni mustahkamlovchi kelishuvlarga qiziqishimiz mavjud.

Bu qadam yana bir muhim haqiqatni anglatadi, O‘zbekiston xalqaro maydonda endi kuzatuvchi emas, mas’ul va faol ishtirokchi sifatida tan olinmoqda. Bu a’zolik ishonch va hurmatning siyosiy ko‘rsatkichi bo‘lib, mamlakatimizning muvozanatli, pragmatik va tinchlikparvar diplomatiyasi tobora kuchayib borayotganini tasdiqlaydi.

Biz bu jarayonga tenglik va o‘zaro hurmat asosida, xalqaro sheriklar bilan birga yechimlar izlash, mojarolarni siyosiy yo‘l bilan bartaraf etish va barqarorlikka real hissa qo‘shish uchun kirmoqdamiz. Chunki tinchlikni ta’minlash—xavfsizlik, taraqqiyot va inson manfaatini himoya qiladigan aniq siyosiy mas’uliyatdir.