Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Креатив тадбиркор ёшлар” лойиҳаси доирасида депутатлар ва ёшлар иштирокида очиқ мулоқот тадбири ташкил этилди.
янв.21
Deputat sayyor qabul o‘tkazdi
янв.21
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasi: milliy taraqqiyotning yangi bosqichi jamoatchilik muhokamasida
янв.21
#JARAYON
янв.21
Deputat faoliyatidan
янв.21
Deputat faoliyatidan
янв.21
Deputat faoliyatidan
янв.21
XALQ DEPUTATLARI KONIMEX TUMAN KENGASHINING  NAVBATDAGI O'N BYEShINCHI SESSIYASI O'TKAZILDI
янв.21
Tuman hokimi "Yangiqazg‘on" va "Sarjal" ovul fuqarolar yig‘inida sayyor qabul o‘tkazdi.
янв.21
Deputatlar ta’lim maskanida: 19-maktabning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi o‘rganildi
Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati M.Jalolov "Deputat mahallada" loyihasi doirasida “Bo‘ston” MFYda mahalla yettiligi faoliyati bilan tanishdi va mahalla faollari bilan uchrashdi.

2026 yil 24 yanvar kuni O‘zbekiston XDP Andijon shahar kengashi raisi, Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati M.Jalolov "Deputat mahallada" loyihasi doirasida “Bo‘ston” MFYda mahalla yettiligi faoliyati bilan tanishib, so'ng mahalla faollari bilan uchrashdi. Davlatimiz rahbari Sh.Mirziyoyevning Oliy Majlis va O‘zbekiston Xalqiga qilgan Murojaatnomasining mohiyati hamda 23 yanvar kuni prezidentimiz raisligida o‘tkazilgan videoselektorda berilgan topshiriqlar maqsadi tushuntirildi.
2026 yil —"Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili"da amalga oshiriladigan ishlar, mahalla infratuzilmasini rivojlantirish uchun mavjud muammolarni aniqlash va takliflar berish zarurligi taʼkidlandi. Kambag‘allikni qisqartirish hamda aholini ish bilan ta'minlash va daromadli qilish maqsadida, loyihaviy yondashuv bilan chiqqan hokim yordamchilari qo‘llab-quvvatlanadi. Mahallalarda loyihalar portfeli shakllantiriladi. Bundan tashqari, nogironligi bor shaxslarga qator ijtimoiy himoya va yordamlar ko‘rsatilishi ko‘zda tutilmoqda. Tadbir davomida, aholini ro‘yxatga olish jarayoni deputat tomonidan nazoratga olindi hamda Bo‘ston MFY hududida 24 yanvar holatiga jami 7003 ta aholining mavjud 1026 ta xonadondan 870 tasi yoki 85 foizi ro‘yxatdan o‘tganligi aniqlandi.

Slide 1 of 6