Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Креатив тадбиркор ёшлар” лойиҳаси доирасида депутатлар ва ёшлар иштирокида очиқ мулоқот тадбири ташкил этилди.
янв.21
Deputat sayyor qabul o‘tkazdi
янв.21
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasi: milliy taraqqiyotning yangi bosqichi jamoatchilik muhokamasida
янв.21
#JARAYON
янв.21
Deputat faoliyatidan
янв.21
Deputat faoliyatidan
янв.21
Deputat faoliyatidan
янв.21
XALQ DEPUTATLARI KONIMEX TUMAN KENGASHINING  NAVBATDAGI O'N BYEShINCHI SESSIYASI O'TKAZILDI
янв.21
Tuman hokimi "Yangiqazg‘on" va "Sarjal" ovul fuqarolar yig‘inida sayyor qabul o‘tkazdi.
янв.21
Deputatlar ta’lim maskanida: 19-maktabning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi o‘rganildi
Kengash faoliyatiga oid

 Xalq deputatlari tuman Kengashi faoliyati yuzasidan ma’lumot 

Xalq deputatlari Yangibozor tumani Kengashi tomonidan yil boshidan 12 sessiya o‘tkazilgan bo‘lib, ushbu sessiyalarning barchasi OAVlarida, 4 tasi
onlayn tarzda yoritilgan. Sessiyalarda
146 masala ko‘rib chiqilgan va qarorlar qabul qilingan. Shundan, 48 tasi hisobotlarni eshitish bo‘yicha (tuman hokimi, hokim o‘rinbosarlarining, ichki ishlar bo‘limi, moliya bo‘limi, soliq bo‘limi, tibbiyot birlashmasi, Yoshlar ishlari agentligi tuman bo‘limi va boshqa tashkilotlarning rahbarlari hisobotlari), 13 tasi axborotlarni eshitish bo‘yicha (tuman adliya bo‘limi, Xalq qabulxonasi, tuman prokurori va boshqalarning axborotlari), 30 tasi muhokama qilish bo‘yicha, 15 tasi nazorat-tahlil qilish masalalari bo‘yicha, 34 tasi vakolat doirasidagi qarorlarni tasdiqlash bo‘yicha, 3 tasi hokim qarorlarini tasdiqlash bo‘yicha qarorlar qabul qilingan. Har bir masala sessiyaga kiritilishidan oldin tegishli doimiy komissiyalar yig‘ilishlarida muhokama qilinib kelinmoqda. Doimiy komissiyalar tomonidan qabul qilingan har bir qarorning bajarilishi bo‘yicha nazorat o‘rnatilgan. 

Doimiy komissiyalar o‘z faoliyatlarini O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi, “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlari asosida, shuningdek, xalq deputatlari Yangibozor tumani Kengashi reglamenti hamda doimiy komissiyalari to‘g‘risidagi nizomga muvofiq amalga oshirib kelinmoqda.