Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ДЕПУТАТЛАР САЙЁР ЎРГАНИШДА
янв.21
XALQ DEPUTATLARI KONIMEX TUMANI KENGASHINING O'N ETTINCHI SESSIYASI BO'LIB O'TDI
янв.21
“Креатив тадбиркор ёшлар” лойиҳаси доирасида депутатлар ва ёшлар иштирокида очиқ мулоқот тадбири ташкил этилди.
янв.21
Deputat sayyor qabul o‘tkazdi
янв.21
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasi: milliy taraqqiyotning yangi bosqichi jamoatchilik muhokamasida
янв.21
#JARAYON
янв.21
Deputat faoliyatidan
янв.21
Deputat faoliyatidan
янв.21
Deputat faoliyatidan
янв.21
XALQ DEPUTATLARI KONIMEX TUMAN KENGASHINING  NAVBATDAGI O'N BYEShINCHI SESSIYASI O'TKAZILDI
Prezident Murojaatnomasi va “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi ijrosi joylarda

 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan Murojaatnomasi hamda “O‘zbekiston – 2030” strategiyasida belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini ta’minlash, ushbu muhim hujjatlarning mazmun-mohiyati va amaliy ahamiyatini keng jamoatchilikka yetkazish maqsadida Respublika hamda Toshkent viloyati hokimligi vakillaridan iborat ishchi guruh tomonidan joylarda tizimli uchrashuvlar tashkil etilmoqda. Ana shunday mazmunli uchrashuvlardan biri Bekobod shahar 9-sonli umumta’lim maktabi faollar zalida "Nurliyo‘l" va "Obodturmush" mahallalari aholisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda Xalq deputatlari shahar kengashi deputati, ma’naviyat targ‘ibotchisi U.Abdunazarov Prezident Murojaatnomasida ilgari surilgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, aholi farovonligini oshirish, ta’lim sifatini yuksaltirish hamda mahallalarda sog‘lom ijtimoiy muhitni mustahkamlashga qaratilgan vazifalarni atroflicha tushuntirib o‘tdi. Shuningdek, “O‘zbekiston – 2030” strategiyasining asosiy yo‘nalishlari, uning amaliy ahamiyati hamda strategiyada belgilangan vazifalarni joylarda samarali amalga oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Uchrashuv yakunida ishtirokchilar tomonidan bildirilgan taklif va mulohazalar kelgusidagi ishlar uchun muhim asos bo‘lib xizmat qilishi ta’kidlandi. 

   

Slide 1 of 4