Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Креатив тадбиркор ёшлар” лойиҳаси доирасида депутатлар ва ёшлар иштирокида очиқ мулоқот тадбири ташкил этилди.
янв.21
Deputat sayyor qabul o‘tkazdi
янв.21
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasi: milliy taraqqiyotning yangi bosqichi jamoatchilik muhokamasida
янв.21
#JARAYON
янв.21
Deputat faoliyatidan
янв.21
Deputat faoliyatidan
янв.21
Deputat faoliyatidan
янв.21
XALQ DEPUTATLARI KONIMEX TUMAN KENGASHINING  NAVBATDAGI O'N BYEShINCHI SESSIYASI O'TKAZILDI
янв.21
Tuman hokimi "Yangiqazg‘on" va "Sarjal" ovul fuqarolar yig‘inida sayyor qabul o‘tkazdi.
янв.21
Deputatlar ta’lim maskanida: 19-maktabning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi o‘rganildi
Prezident Murojaatnomasi ijrosi doirasida deputat A. Abdullayev tomonidan joylarda o‘rganishlar o‘tkazilmoqda

Prezident Murojaatnomasi ijrosi doirasida deputat A. Abdullayev tomonidan joylarda o‘rganishlar o‘tkazilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan Murojaatnomasida belgilangan vazifalar ijrosi doirasida hududlarda aholi turmush sharoitlarini yaxshilash va mahallalar infratuzilmasini mustahkamlash maqsadida Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi deputati A. Abdullayev va mahalla “yettiligi” a’zolari, mahalla faollari hamda aholi vakillari jalb etilib joylarda o‘rganishlar amalga oshirilmoqda.

O‘rganishlar davomida infratuzilma obyektlarining texnik holati, kommunal xizmatlar sifati hamda obodonlashtirish ishlari tahlil qilinib, fuqarolar bilan uchrashuvlar orqali ularning muammo va takliflari tinglanmoqda.

O‘rganishlar davomida aniqlangan masalalar bo‘yicha tegishli mas’ul idoralarga zarur ma’lumotlar va takliflar kiritish, muammolarni hal etish yuzasidan aniq mexanizmlar ishlab chiqish, shuningdek, belgilangan chora-tadbirlar ijrosini doimiy nazoratga olish rejalashtirilgan. Zarur hollarda deputatlik so‘rovlari orqali muammolarning o‘z vaqtida va samarali yechim topishiga erishish ko‘zda tutilmoqda.

Mazkur o‘rganishlar Prezidentimizning Murojaatnomasida belgilangan “inson manfaatlari – eng oliy qadriyat” tamoyilidan kelib chiqib, mahallalarni kompleks rivojlantirish, aholi farovonligini oshirish hamda joylarda ochiq va samarali boshqaruvni ta’minlashga xizmat qilmoqda.

Slide 1 of 5