Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Креатив тадбиркор ёшлар” лойиҳаси доирасида депутатлар ва ёшлар иштирокида очиқ мулоқот тадбири ташкил этилди.
янв.21
Deputat sayyor qabul o‘tkazdi
янв.21
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasi: milliy taraqqiyotning yangi bosqichi jamoatchilik muhokamasida
янв.21
#JARAYON
янв.21
Deputat faoliyatidan
янв.21
Deputat faoliyatidan
янв.21
Deputat faoliyatidan
янв.21
XALQ DEPUTATLARI KONIMEX TUMAN KENGASHINING  NAVBATDAGI O'N BYEShINCHI SESSIYASI O'TKAZILDI
янв.21
Tuman hokimi "Yangiqazg‘on" va "Sarjal" ovul fuqarolar yig‘inida sayyor qabul o‘tkazdi.
янв.21
Deputatlar ta’lim maskanida: 19-maktabning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi o‘rganildi
Mahallalar infratuzilmasini rivojlantirish, mavjud muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish choralarini belgilash maqsadida deputatlar tomonidan hududlarda o‘rganish ishlari amalga oshirilmoqda.

Mahallalar infratuzilmasini rivojlantirish, mavjud muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish choralarini belgilash maqsadida deputatlar tomonidan hududlarda o‘rganish ishlari amalga oshirilmoqda.

Prezidentimizning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasida mahallalar infratuzilmasini yaxshilash, aholi turmush farovonligini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi hamda ushbu yo‘nalishda kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan muhim vazifalar belgilab berildi. Jumladan, 2026-yil yurtimizda "Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili" deb e’lon qilindi.

Mahallalar infratuzilmasini rivojlantirish, aholi uchun qulay va xavfsiz yashash muhitini yaratish, mavjud muammolarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish choralarini belgilash maqsadida Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi deputati A.Avliyakulov, Tuman hokimi o‘rinbosari R.Tagayev hamda Mahalla yettiligi tomonidan hududlarda o‘rganish ishlari olib borilmoqda. Mazkur o‘rganishlar davomida mahallalarning ichki yo‘llari holati, ko‘cha yoritgichlarining ishlash darajasi, ichimlik suvi va elektr energiyasi ta’minoti, obodonlashtirish hamda sanitariya holati atroflicha tahlil qilinmoqda.

Shuningdek, deputatlar tomonidan aholi bilan bevosita muloqotlar o‘tkazilib, fuqarolarning murojaat va takliflari o‘rganilmoqda. O‘rganishlar natijasida aniqlangan muammolar yuzasidan mas’ul tashkilotlarga tegishli topshiriqlar berish, zarur hollarda deputatlik so‘rovlari kiritish hamda muammolarni bosqichma-bosqich bartaraf etish choralarini ko‘rish rejalashtirilgan.

Slide 1 of 10