Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Семинар-йиғилиш бўлиб ўтди
янв.21
Targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
янв.21
“Ажрим ёқасидаги оилалар тақдири – эътибор марказида”
янв.21
ДЕПУТАТЛАР САЙЁР ЎРГАНИШДА
янв.21
XALQ DEPUTATLARI KONIMEX TUMANI KENGASHINING O'N ETTINCHI SESSIYASI BO'LIB O'TDI
янв.21
“Креатив тадбиркор ёшлар” лойиҳаси доирасида депутатлар ва ёшлар иштирокида очиқ мулоқот тадбири ташкил этилди.
янв.21
Deputat sayyor qabul o‘tkazdi
янв.21
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasi: milliy taraqqiyotning yangi bosqichi jamoatchilik muhokamasida
янв.21
#JARAYON
янв.21
Deputat faoliyatidan
NAZORAT

Bugun Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati, Navoiy shahar hokimi Dilmurod Ergashev shahrimizning bir qator mahallalari hududlarida, xususan, "Yangiobod", "Lochin", "Janubiy", "Farovon" , "Kimyogar" mahallalarida bo‘lib, aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish jarayonlarining borishi, mazkur tadbirni muvofiqlashtirish maqsadida tashkil etilgan shtablar faoliyati, shuningdek mahallalarda amalga oshirilayotgan ishlar holatini joyida o‘rgandi.

Tashrif davomida ro‘yxatga olish jarayonida ishtirok etayotgan xodimlar uchun yaratilgan mehnat sharoitlari, ish joylarining jihozlanganligi, issiqlik tizimi va elektr energiyasi bilan ta’minlanganlik holati bilan yaqindan tanishdi.

Mahallalarda aholi bilan olib borilayotgan tushuntirish va targ‘ibot ishlari, fuqarolar faolligini oshirish, ro‘yxatga olish jarayonlarining belgilangan tartib va talablar asosida olib borilayotgani, har bir yo‘nalish bo‘yicha yuklatilgan vazifalarning sifatli va o‘z vaqtida bajarilishi holatlari birma-bir ko‘zdan kechirildi.

Slide 1 of 9