Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Маҳаллада бандлик ва ижтимоий ҳимоя масалалари кўздан кечирилди
янв.21
#JARAYON
янв.21
Халқ депутатлари Навоий вилоят Кенгаши котибияти мудири Ж.Ҳамроев ҳамда вилоят Кенгаши депутати Б.Жалолов Конимех тумани тиббиёт бирлашмасида бўлиб, аҳолига кўрсатилаётган тиббий хизматлар сифати юзасидан амалий ўрганишлар олиб бордилар.
янв.21
Туман Кенгашида кунлик ва ҳафталик вазифалар ижроси муҳокама қилинди
янв.21
#JARAYON
янв.21
Deputat faoliyatidan
янв.21
#JARAYON
янв.21
#JARAYON
янв.21
Deputat faoliyatidan
янв.21
Deputat faoliyatidan
CHINOZ TUMANI. Mahallada yoshlar bilan ishlash samaradorligi e’tibor markazida

🔰Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi deputati Mirsoat Mirsodiqov Alisher Navoiy mahallasida bo‘lib, hududda amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi. Jumladan, mahalladagi yoshlar yetakchisi tomonidan tashkil etilayotgan tadbirlar samaradorligi, yoshlarning ijtimoiy faolligi hamda bandligini ta’minlash holati atroflicha o‘rganildi.

📖Uchrashuv davomida mahalla faollari, nuroniylar va mas’ul shaxslar ishtirokida ochiq va samimiy muloqot bo‘lib o‘tdi. Unda yoshlarni kasb-hunarga yo‘naltirish, tadbirkorlikka jalb etish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, shuningdek, aholini qiynayotgan dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashildi. Bildirilgan taklif va mulohazalar deputat tomonidan e’tiborga olinib, ularni bartaraf etish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar ko‘rish zarurligi ta’kidlandi.

♻️Shuningdek, mahallada qonun ustuvorligini mustahkamlash, yoshlar orasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda fuqarolarning ijtimoiy faolligini oshirish borasida olib borilayotgan ishlar ijobiy baholandi. Deputat Mirsoat Mirsodiqov kelgusida ham mahallalar bilan yaqin hamkorlikda ishlash, aholi manfaatlariga xizmat qiladigan tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash muhimligini qayd etdi.

Slide 1 of 4