Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Маҳаллада бандлик ва ижтимоий ҳимоя масалалари кўздан кечирилди
янв.21
#JARAYON
янв.21
Халқ депутатлари Навоий вилоят Кенгаши котибияти мудири Ж.Ҳамроев ҳамда вилоят Кенгаши депутати Б.Жалолов Конимех тумани тиббиёт бирлашмасида бўлиб, аҳолига кўрсатилаётган тиббий хизматлар сифати юзасидан амалий ўрганишлар олиб бордилар.
янв.21
Туман Кенгашида кунлик ва ҳафталик вазифалар ижроси муҳокама қилинди
янв.21
#JARAYON
янв.21
Deputat faoliyatidan
янв.21
#JARAYON
янв.21
#JARAYON
янв.21
Deputat faoliyatidan
янв.21
Deputat faoliyatidan
Mahmudxo‘ja Behbudiy tavalludining 150 yilligi munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi

Toyloq tumanida jadidchilik harakatining yirik namoyandasi, buyuk ma’rifatparvar Mahmudxo‘ja Behbudiy xotirasiga bag‘ishlangan keng qamrovli ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbir avvalida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist Farmon Toshev hamda Toyloq tumani hokimi tuman Kengashi rayisi Behzod Raxmatullayev hamda O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti professori, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi Halim Saidov Behbudiy siymosining o‘zbek milliy uyg‘onishidagi o‘rni, uning ma’rifat, matbuot va teatr sohasidagi beqiyos xizmatlari haqida so‘z yuritdilar.

Shundan so‘ng “Mahmudxo‘ja Behbudiy bog‘i”ning ochilish marosimi o‘tkazildi. Marosimda Behbudiyning hayoti va faoliyati, uning millat taraqqiyoti yo‘lidagi fidokorona xizmatlari yodga olindi. Tadbir davomida Mahmudxo‘ja Behbudiyning chevarasi Shohruh Behbudiy so‘zga chiqib, ajdodlar merosini asrab-avaylash va uni yosh avlodga yetkazish muhimligini ta’kidladi. 

Tadbirda yig‘ilganlar bog‘da adib nomini abadiylashtirish maqsadida tashkil etilgan Behbudiy kutubxonasi, uy muzeyi hamda o‘quv markazi bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, bog‘da Maxmudxo‘ja Behbudiy byustining ochilish marosimida qatnashdilar.

Slide 1 of 8