Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Маҳаллада бандлик ва ижтимоий ҳимоя масалалари кўздан кечирилди
янв.21
#JARAYON
янв.21
Халқ депутатлари Навоий вилоят Кенгаши котибияти мудири Ж.Ҳамроев ҳамда вилоят Кенгаши депутати Б.Жалолов Конимех тумани тиббиёт бирлашмасида бўлиб, аҳолига кўрсатилаётган тиббий хизматлар сифати юзасидан амалий ўрганишлар олиб бордилар.
янв.21
Туман Кенгашида кунлик ва ҳафталик вазифалар ижроси муҳокама қилинди
янв.21
#JARAYON
янв.21
Deputat faoliyatidan
янв.21
#JARAYON
янв.21
#JARAYON
янв.21
Deputat faoliyatidan
янв.21
Deputat faoliyatidan
Deputat tomonidan Vorsin MFYdagi 59-maktabning isitish tizimi o‘rganildi

Bugun Vorsin mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan 59-maktabda mavjud isitish tizimi holati deputat tomonidan o‘rganildi. Tashrif davomida ta’lim muassasasining qish mavsumiga tayyorgarligi, sinfxonalarning harorat darajasi hamda mavjud texnik vositalarning holati batafsil ko‘zdan kechirildi.

Deputat maktab ma’muriyati, mahalla faollari va mutasaddi tashkilot vakillari bilan suhbatlashib, aniqlangan kamchiliklar va ularni bartaraf etish bo‘yicha masʼullarga tegishli topshiriqlar berdi. Shuningdek, ta’lim jarayonining uzluksiz va qulay kechishi uchun barcha zarur sharoitlarni yaratish muhimligi alohida ta’kidlandi.

Mazkur o‘rganish natijalari yuzasidan mas’ullar tomonidan belgilangan muddatlarda aniq choralar ko‘rilishi va holat bo‘yicha doimiy monitoring olib borilishi ma’lum qilindi.

Muminova Lobar

Toyloq tuman Kengashi deputat

Slide 1 of 5