Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Маҳаллада бандлик ва ижтимоий ҳимоя масалалари кўздан кечирилди
янв.21
#JARAYON
янв.21
Халқ депутатлари Навоий вилоят Кенгаши котибияти мудири Ж.Ҳамроев ҳамда вилоят Кенгаши депутати Б.Жалолов Конимех тумани тиббиёт бирлашмасида бўлиб, аҳолига кўрсатилаётган тиббий хизматлар сифати юзасидан амалий ўрганишлар олиб бордилар.
янв.21
Туман Кенгашида кунлик ва ҳафталик вазифалар ижроси муҳокама қилинди
янв.21
#JARAYON
янв.21
Deputat faoliyatidan
янв.21
#JARAYON
янв.21
#JARAYON
янв.21
Deputat faoliyatidan
янв.21
Deputat faoliyatidan
Aholi bandligini ta’minlash masalalari yuzasidan tuman hokimi boshchiligida yig‘ilish o‘tkazildi

Tuman hokimi Behzod Raxmatullayev rahbarligida aholining bandligini ta’minlash, kambag‘allikni qisqartirish hamda fuqarolarni tadbirkorlikka yo‘naltirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda tuman kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi tomonidan mahallalarda olib borilayotgan faoliyati, hokim yordamchilarining shu kungacha erishgan natijalari, shuningdek, tashkil etilgan mikroloyihalarning amaliyotga joriy etilishi yuzasidan monitoring natijalari ko‘rib chiqildi.

Shu bilan birga, har bir mahallaning ixtisosligidan kelib chiqib, aholining bandligini oshirishga qaratilgan yangi yo‘nalishlar bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi. Aholining kundalik turmush tarzini yaxshilash, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish masalalari tanqidiy ruhda tahlil qilindi.

Yig‘ilish davomida mas’ullar tomonidan belgilangan vazifalarga loqaydlik bilan yondashish holatlari keskin tanqid qilinib, xususan, hokim yordamchilariga tadbirkorlikka qiziqishi bor fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash, ularga zarur bilim va ko‘nikmalar berish bo‘yicha yanada faol ishlash topshirildi.

Shu maqsadda, fuqarolarni tadbirkorlik sir-asrorlari hamda bilim ko'nikmalarini oshirish maqsadida tumandagi ilg'or fermer xo'jaliklaridan biri bo'lgan "Akmal Toshpo‘latov" ko'p tarmoqli fermer xo‘jaligida maxsus o‘quv seminarlarini tashkil etish belgilandi.

Slide 1 of 6