Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Сайловчилар билан учрашув
янв.21
Депутат томонидан қўйчилик хўжалиги фаолияти ўрганилди
янв.21
Қонун ижроси ўрганилди
янв.21
Deputat faoliyatidan
янв.21
#JARAYON
янв.21
Ижтимоий-иқтисодий дастурлар ижроси амалда
янв.21
Аҳоли бандлиги масалалари ўрганилди
янв.21
Доимий комиссиясининг навбатдаги йиғилиши ўтказилди
янв.21
Депутат олис чўл ҳудудидаги маҳаллада ижтимоий хизматлар ҳолатини ўрганди
янв.21
Маҳаллада бандлик ва ижтимоий ҳимоя масалалари кўздан кечирилди
🏗 Davlat dasturi doirasida Ishtixonda 120 o‘rinli DMTT qurilishi o‘rganildi

Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi deputati N.Kiyamov hamda Ishtixon tuman hokimining o‘rinbosari S.Ochilov tumandagi “Qayirma” MFY, Qizil qishlog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-dekabrdagi PQ-454-sonli qarori asosida Davlat dasturiga kiritilgan 120 o‘rinli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti qurilish jarayonini o‘rgandi. 

Tashrif davomida:

qurilish ishlari sifatining amaldagi normativlarga muvofiqligi,

materiallarning mustahkamligi va xavfsizlik talablari,

pudratchi tashkilotning belgilangan jadval bo‘yicha ishlashi,

obyektni o‘z vaqtida foydalanishga topshirish imkoniyatlari batafsil ko‘zdan kechirildi. 🧱📋

Mazkur bog‘chaning qurilishi Prezident qarorida belgilangan Davlat dasturi ijrosini ta’minlash doirasidagi muhim loyihalardan biri bo‘lib, u foydalanishga topshirilgach hududdagi bolalarning maktabgacha ta’lim bilan qamrovi sezilarli darajada oshadi va sifatli ta’lim olishiga xizmat qiladi. 🌿👶

Slide 1 of 3