Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Семинар-йиғилиш бўлиб ўтди
янв.21
Targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
янв.21
“Ажрим ёқасидаги оилалар тақдири – эътибор марказида”
янв.21
ДЕПУТАТЛАР САЙЁР ЎРГАНИШДА
янв.21
XALQ DEPUTATLARI KONIMEX TUMANI KENGASHINING O'N ETTINCHI SESSIYASI BO'LIB O'TDI
янв.21
“Креатив тадбиркор ёшлар” лойиҳаси доирасида депутатлар ва ёшлар иштирокида очиқ мулоқот тадбири ташкил этилди.
янв.21
Deputat sayyor qabul o‘tkazdi
янв.21
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasi: milliy taraqqiyotning yangi bosqichi jamoatchilik muhokamasida
янв.21
#JARAYON
янв.21
Deputat faoliyatidan
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Bugun Xalq deputatlari Boyovut tuman Kengashi 20-Darvozaqir saylov okrugi deputati Nazokat Narxadjayeva tomonidan navbatdagi saylovchilar bilan uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuv davomida mahallalarda mavjud bir qator dolzarb masalalar atroflicha muhokama qilindi.

Xususan, aholi tomonidan ichki yo‘llarning ta’mirtalab holati, gaz ta’minoti va ichimlik suvi bilan bog‘liq muammolar, shuningdek ijtimoiy infratuzilmani yaxshilash, hududni obodonlashtirish va aholiga qulay sharoitlar yaratish borasidagi masalalar ko‘tarildi.

🗒️ Deputat saylovchilar murojaatlarini diqqat bilan tinglab, ularning har birini o‘rganib chiqish, tegishli tashkilot va mutasaddilar bilan hamkorlikda amaliy yechimlar ishlab chiqish bo‘yicha vazifalar belgilab oldi.

Uchrashuv yakunida fuqarolarning taklif va fikrlari qayd etilib, masalalar bosqichma-bosqich hal etilishi bo‘yicha kelishib olindi.

Slide 1 of 4