Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Креатив тадбиркор ёшлар” лойиҳаси доирасида депутатлар ва ёшлар иштирокида очиқ мулоқот тадбири ташкил этилди.
янв.21
Deputat sayyor qabul o‘tkazdi
янв.21
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasi: milliy taraqqiyotning yangi bosqichi jamoatchilik muhokamasida
янв.21
#JARAYON
янв.21
Deputat faoliyatidan
янв.21
Deputat faoliyatidan
янв.21
Deputat faoliyatidan
янв.21
XALQ DEPUTATLARI KONIMEX TUMAN KENGASHINING  NAVBATDAGI O'N BYEShINCHI SESSIYASI O'TKAZILDI
янв.21
Tuman hokimi "Yangiqazg‘on" va "Sarjal" ovul fuqarolar yig‘inida sayyor qabul o‘tkazdi.
янв.21
Deputatlar ta’lim maskanida: 19-maktabning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi o‘rganildi
Jamoatchilik tashabbuslari ijrosi — deputatlar diqqat markazida

 Jamoatchilik tashabbuslari ijrosi — deputatlar diqqat markazida 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
2021 yil 13 apreldagi PQ–5072-son “Byudjet jarayonida fuqarolarning faol ishtirokini
ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarori, shuningdek,
Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024 yil 30 yanvardagi KQ–666-IV-son hamda
2024 yil 29 iyuldagi KQ–787-IV-son qarorlariga muvofiq, 2025 yilning ikkinchi bosqichi
doirasida Quva tumanida jamoatchilik ovozi asosida “g‘olib”-deb topilgan loyihalarni
amalga oshirish ishlari izchil davom etmoqda.
 

Xalq deputatlari Quva tuman
Kengashi deputatlari mazkur jarayonlarning borishini joylarda o‘rganishda davom
etmoqdalar. Xususan, tumandagi Ittifoq mahalla fuqarolar yig‘iniga qarashli
Birlik, Hamkorlik, Dashtobod va Do‘stlik ko‘chalarining 3,8 km uzunlikdagi
ichki yo‘llarini asfaltlash bo‘yicha “Farg‘ona tuman yo‘llardan foydalanish
davlat muassasasi” tomonidan olib borilayotgan ishlarni o‘rgandilar.
 

O‘rganishlar davomida
deputatlar loyiha ijrosiga bajarilayotgan ishlar sifatiga qat’iy e’tibor
qaratish, asfaltlash jarayonini belgilangan me’yor va talablarga muvofiq
tashkil etish, aholi roziligini ta’minlash hamda ishlarni belgilangan muddatda
yakuniga yetkazish zarurligi bo‘yicha tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar
berdilar.
 

Shuningdek, deputatlar
jamoatchilik tashabbusi doirasida amalga oshirilayotgan har bir loyiha
aholining turmush darajasini oshirish, mahalliy infratuzilmani rivojlantirish
va fuqarolarda davlatga bo‘lgan ishonchni mustahkamlashga xizmat qilishi
lozimligini ta’kidladilar.
  

Slide 1 of 6