Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
"NAVRO'Z" MAHALLASIDA NAVBATDAGI SAYYOR QABUL O'TKAZILDI
янв.21
Deputat faoliyatidan
янв.21
TUMAN HOKIMINING AHOLI VA TADBIRKORLARGA MUROJAATNOMASI - TUMAN RIVOJI YO'LIDA MUHIM QADAM
янв.21
MAQOLA
янв.21
МАҲАЛЛАДА МУРОЖААТНОМА ТАРҒИБОТИ: АҲОЛИ БИЛАН ОЧИҚ МУЛОҚОТ
янв.21
XALQ DEPUTATLARI TUMAN KENGASHI DEPUTATI - TUMAN HOKIMI R.RO'ZIYEVNING AHOLI VA TADBIRKORLARGA MUROJAATNOMASI - TUMAN RIVOJI YO'LIDA MUHIM QADAM
янв.21
Семинар-йиғилиш бўлиб ўтди
янв.21
Targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
янв.21
“Ажрим ёқасидаги оилалар тақдири – эътибор марказида”
янв.21
ДЕПУТАТЛАР САЙЁР ЎРГАНИШДА
Ayni kunlarda “9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash” kuniga bag‘ishlangan Aksilkorrupsiya oyligi bo'lib o'tmoqda.

Mazkur oylik doirasida 2025-yil 26-noyabrdan 24-dekabrgacha O‘zbekistonning barcha 14 ta hududida korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy kengashlarning rolini kuchaytirishga qaratilgan bir qator treninglar o‘tkaziladi. 

Bu treninglar Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, BMT Taraqqiyot dasturi (BMTTD) tomonidan, Yevropa Ittifoqining (YI) moliyaviy ko’magi hamda Oliy Majlis Senati hamkorligida tashkil etilmoqda. 

Dasturning maqsadi – hududlarda korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish samaradorligini oshirish, O‘zbekistonda BMTning Korrupsiyaga qarshi konvensiyasi va boshqa xalqaro standartlarni amalga oshirishda ularning ishtirokini kengaytirish, aholi va davlat tuzilmalari o‘rtasida ishonchni mustahkamlashdan iborat.

Ikki kun davomida ishtirokchilar korrupsiya xavfini baholash bo‘yicha xalqaro va milliy yondashuvlarni o‘rganib, o‘z hududdagi haqiqiy vaziyatni tahlil qiladilar va ichki nazorat vositalaridan foydalanishni o‘rganadilar. 

Dastur yakunlari bo‘yicha davlat organlari va hokimliklar, fuqarolik jamiyati institutining 450 nafardan ortiq vakillari mahalliy darajada korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha o‘z bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlaydilar.

Slide 1 of 5