Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Маҳаллада бандлик ва ижтимоий ҳимоя масалалари кўздан кечирилди
янв.21
#JARAYON
янв.21
Халқ депутатлари Навоий вилоят Кенгаши котибияти мудири Ж.Ҳамроев ҳамда вилоят Кенгаши депутати Б.Жалолов Конимех тумани тиббиёт бирлашмасида бўлиб, аҳолига кўрсатилаётган тиббий хизматлар сифати юзасидан амалий ўрганишлар олиб бордилар.
янв.21
Туман Кенгашида кунлик ва ҳафталик вазифалар ижроси муҳокама қилинди
янв.21
#JARAYON
янв.21
Deputat faoliyatidan
янв.21
#JARAYON
янв.21
#JARAYON
янв.21
Deputat faoliyatidan
янв.21
Deputat faoliyatidan
Oliy Majlis Senatining 11-yalpi majlisi qarorlari — joylarda keng targ`ib qilinmoqda

 O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 11-yalpi majlisi yakunlari bo`yicha mamlakatimizning barcha hududlarida keng
qamrovli targ`ibot-tashviqot ishlari izchil davom ettirilmoqda. Mazkur jarayonning asosiy maqsadi — yalpi majlisda ko`rib chiqilgan dolzarb masalalar, qabul qilingan yangi qonunlar hamda normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyatini aholi ongiga yetkazish, ularning amaliy hayotdagi ahamiyatini batafsil tushuntirishdan iborat.
Shu yo`nalishda xalq deputatlari Jalaquduq tumani Kengashi deputati M. Sharipova tomonidan ham qator uchrashuv va targ`ibot tadbirlari tashkil etilmoqda. Xususan, 11-umumta`lim maktabida Toshxovuz mahalla fuqarolar yig`ini aholisi vakillari, o`qituvchilar va mahalla faollari ishtirokida mazmunli muloqot bo`lib o`tdi. Tadbir davomida Senatning 11-yalpi majlisida muhokama qilingan ustuvor masalalar, aholining ijtimoiy-iqtisodiy farovonligini ta`minlashga
qaratilgan yangi tashabbuslar, ta`lim, sog`liqni saqlash va mahalliy boshqaruv sohalariga oid muhim qonunlarning asosiy jihatlari tushuntirib berildi. Shuningdek, aholining dolzarb savollariga javoblar qaytarildi, qabul qilinayotgan huquqiy hujjatlarning hayotga tatbiq etilishida fuqarolarning o`rni va mas`uliyati alohida ta`kidlandi.
Uchrashuv ishtirokchilari bunday ochiq muloqotlar aholining qonunchilik jarayonlari haqidagi xabardorligini oshirishga, davlat organlari va fuqarolar o`rtasidagi samarali hamkorlikni mustahkamlashga xizmat
qilayotganini ta`kidladilar.
Aholi bilan muntazam muloqotlar, qonunlar mazmunini yoritish va ularni amaliy hayotga joriy etish bo`yicha olib borilayotgan targ`ibot ishlari kelgusida ham izchil davom ettiriladi.  

Slide 1 of 5