Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Маҳаллада бандлик ва ижтимоий ҳимоя масалалари кўздан кечирилди
янв.21
#JARAYON
янв.21
Халқ депутатлари Навоий вилоят Кенгаши котибияти мудири Ж.Ҳамроев ҳамда вилоят Кенгаши депутати Б.Жалолов Конимех тумани тиббиёт бирлашмасида бўлиб, аҳолига кўрсатилаётган тиббий хизматлар сифати юзасидан амалий ўрганишлар олиб бордилар.
янв.21
Туман Кенгашида кунлик ва ҳафталик вазифалар ижроси муҳокама қилинди
янв.21
#JARAYON
янв.21
Deputat faoliyatidan
янв.21
#JARAYON
янв.21
#JARAYON
янв.21
Deputat faoliyatidan
янв.21
Deputat faoliyatidan
Chinoz tumani. "Islomobod mahallasida bandlik va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar ijrosi o‘rganildi"

🔰Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi deputati Farxod Ibragimov Islomobod mahalla yettiligi bilan suhbat o‘tkazdi.

♻️Muloqot davomida mahallada faoliyat yuritayotgan hokim yordamchilari ishlarining samaradorligi, xususan, aholini kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar hamda xotin-qizlar faoli faoliyati atroflicha o‘rganildi.

📝O'rganish jarayonida hokim yordamchilari tomonidan 85 nafar fuqaroning o‘zini o‘zi band qilishi ta’minlangani, aholi bandligini qo‘llab-quvvatlash maqsadida 2 milliard 300 million so‘m miqdorida kredit mablag‘lari ajratilgani ma’lum bo‘ldi. 

✅Shuningdek, kredit olgan fuqarolardan D.Teshaboyeva va G.Ismoilovalarning xonadonlariga tashrif buyurib, ajratilgan mablag‘larning maqsadli yo‘naltirilishi hamda ularning natijalari joyida o‘rganib chiqildi.

🔰Mazkur uchrashuv mahallada olib borilayotgan islohotlar samaradorligini oshirish va aholining ijtimoiy-iqtisodiy ahvolini yaxshilashga xizmat qiladi

Slide 1 of 6