Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Маҳаллада бандлик ва ижтимоий ҳимоя масалалари кўздан кечирилди
янв.21
#JARAYON
янв.21
Халқ депутатлари Навоий вилоят Кенгаши котибияти мудири Ж.Ҳамроев ҳамда вилоят Кенгаши депутати Б.Жалолов Конимех тумани тиббиёт бирлашмасида бўлиб, аҳолига кўрсатилаётган тиббий хизматлар сифати юзасидан амалий ўрганишлар олиб бордилар.
янв.21
Туман Кенгашида кунлик ва ҳафталик вазифалар ижроси муҳокама қилинди
янв.21
#JARAYON
янв.21
Deputat faoliyatidan
янв.21
#JARAYON
янв.21
#JARAYON
янв.21
Deputat faoliyatidan
янв.21
Deputat faoliyatidan
Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyati.

DEPUTATLIK NAZORATI

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 4-Uch yog‘och - Qarabog‘ saylov okrugidan saylangan deputati Xashimova Karomat Pakirovna tomonidan “Uch yog‘och” mahalla fuqarolar yig‘inidagi ijtimoiy xodim faoliyati yuzasidan deputatlik nazorati amalga oshirildi.

Tashrif davomida aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalariga ko‘rsatilayotgan xizmatlarning sifati, kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordamlarni tayinlash hamda ularni o‘z vaqtida yetkazib berish jarayonlari atroflicha o‘rganildi.

Shuningdek, murojaatlar bilan ishlash tartibi, hujjatlarning yuritilishi, yordamga muhtoj fuqarolar ro‘yxatining shakllantirilishi va nazorat mexanizmlarining to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilganligi bo‘yicha mutasaddi xodimlarga tegishli tavsiyalar berildi.

Mazkur deputatlik nazoratining asosiy maqsadi — aholiga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar sifatini yanada oshirish, shaffoflikni ta’minlash va ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarning manfaatlarini to‘liq himoya qilishdan iboratdir.

Slide 1 of 4