Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ДЕПУТАТЛАР САЙЁР ЎРГАНИШДА
янв.21
XALQ DEPUTATLARI KONIMEX TUMANI KENGASHINING O'N ETTINCHI SESSIYASI BO'LIB O'TDI
янв.21
“Креатив тадбиркор ёшлар” лойиҳаси доирасида депутатлар ва ёшлар иштирокида очиқ мулоқот тадбири ташкил этилди.
янв.21
Deputat sayyor qabul o‘tkazdi
янв.21
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasi: milliy taraqqiyotning yangi bosqichi jamoatchilik muhokamasida
янв.21
#JARAYON
янв.21
Deputat faoliyatidan
янв.21
Deputat faoliyatidan
янв.21
Deputat faoliyatidan
янв.21
XALQ DEPUTATLARI KONIMEX TUMAN KENGASHINING  NAVBATDAGI O'N BYEShINCHI SESSIYASI O'TKAZILDI
Deputat va mahalla yettiligi:

Termiz tuman Kengashi deputati A. Avliyakulov va M. Eshtemirov tomonidan Mahalla yettiligi vakillari bilan hamkorlikda mahalla hududidagi mavjud muammolarni atroflicha o‘rganish, aholining fikr va takliflarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri eshitish maqsadida navbatdagi uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuv davomida mahalla aholisi tomonidan ko‘tarilgan bir qator dolzarb masalalar bo‘yicha batafsil muhokama olib borildi. Jumladan:

Chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish masalasi, mavjud kamchiliklar va ularni bartaraf etish choralari;

Elektr energiyasi uzilishlari, ularning sabablari va barqarorligini ta’minlash bo‘yicha takliflar;

Aholiga gaz ballonlarini o‘z vaqtida yetkazib berish jarayonida uchrayotgan muammolar va ularni tezkor hal etish mexanizmlari.

Mazkur uchrashuvda nafaqat muammolar tinglandi, balki ularning har biriga nisbatan mas’ul tashkilotlarga aniq topshiriqlar berildi, Mahalla yettiligi bilan hamkorlikda amaliy yechimlar ishlab chiqildi. Aholining murojaatlari o‘rganilib, qisqa muddatda ijobiy natijaga erishish bo‘yicha kelishuvga kelindi.

Uchrashuv yakunida deputatlar hamkorlikda ishlashning doimiy davom ettirilishini, fuqarolarning har bir murojaati e’tiborsiz qolmasligini ta’kidlab o‘tdilar.

Slide 1 of 6