Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
XALQ DEPUTATLARI TUMAN KENGASHI DEPUTATI - TUMAN HOKIMI R.RO'ZIYEVNING AHOLI VA TADBIRKORLARGA MUROJAATNOMASI - TUMAN RIVOJI YO'LIDA MUHIM QADAM
янв.21
Семинар-йиғилиш бўлиб ўтди
янв.21
Targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
янв.21
“Ажрим ёқасидаги оилалар тақдири – эътибор марказида”
янв.21
ДЕПУТАТЛАР САЙЁР ЎРГАНИШДА
янв.21
XALQ DEPUTATLARI KONIMEX TUMANI KENGASHINING O'N ETTINCHI SESSIYASI BO'LIB O'TDI
янв.21
“Креатив тадбиркор ёшлар” лойиҳаси доирасида депутатлар ва ёшлар иштирокида очиқ мулоқот тадбири ташкил этилди.
янв.21
Deputat sayyor qabul o‘tkazdi
янв.21
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasi: milliy taraqqiyotning yangi bosqichi jamoatchilik muhokamasida
янв.21
#JARAYON
Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashining Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiya yig‘ilishining navbatdagi yig`ilishi bo`lib o`tdi.

#doimiy_komissiya

Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashining Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiya yig‘ilishining navbatdagi yig`ilishi bo`lib o`tdi.

Kun tartibida Toshkent viloyatining 2026-yilgi mahalliy byudjetini loyihasini ko‘rib chiqish, viloyatining 3-chorak yakuni bilan mahalliy byudjet ijrosi va mahalliy byudjetning qo‘shimcha manbalaridan foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi masalalar ko`rib chiqildi.

Shuningdek, Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi AJning 2025-yil 1-noyabrdagi 02/28-5105-sonli xatiga asosan, “Yashil” va energiya tejamkor texnoligiyalarni joriy etish loyiha konsepsiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasini huzuridagi Energiya samaradorligi milliy agentligining 2025-yil 3-noyabrdagi 01/664-sonli xatiga asosan, Institutsional va ijtimoiy infratuzilma binolarini “yashil” qayta jihozlash to‘g‘risidagi loyiha konsepsiyasi va O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligining 2025-yil 5-noyabrdagi 35-8/8070-sonli xatiga asosan, “Raqamli innovatsiyalar va suniy intellekt texnologiyalari ilmiy tadqiqot markazini tashkil etish” loyiha konsepsiya loyihalari deputatlar tomonidan ko`rib chiqildi.

Doimiy komissiya yig`ilishida masalaga taalluqli bo`lgan boshqarma va tashkilot mas'ul xodimlari ishtirok etishdi.

https://t.me/TV_Kengash