Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Креатив тадбиркор ёшлар” лойиҳаси доирасида депутатлар ва ёшлар иштирокида очиқ мулоқот тадбири ташкил этилди.
янв.21
Deputat sayyor qabul o‘tkazdi
янв.21
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasi: milliy taraqqiyotning yangi bosqichi jamoatchilik muhokamasida
янв.21
#JARAYON
янв.21
Deputat faoliyatidan
янв.21
Deputat faoliyatidan
янв.21
Deputat faoliyatidan
янв.21
XALQ DEPUTATLARI KONIMEX TUMAN KENGASHINING  NAVBATDAGI O'N BYEShINCHI SESSIYASI O'TKAZILDI
янв.21
Tuman hokimi "Yangiqazg‘on" va "Sarjal" ovul fuqarolar yig‘inida sayyor qabul o‘tkazdi.
янв.21
Deputatlar ta’lim maskanida: 19-maktabning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi o‘rganildi
KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK DEPUTAT NAZORATIDA

 Oltinsoy tumanida kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish ishlari izchil davom etmoqda. Shu maqsadda, Xalq deputatlari Oltinsoy tuman Kengashi deputati Tavasharov Xamro Ziyayevich tashabbusi bilan Oltinsoy tuman hududidagi 22- va 49-sonli umumta’lim maktablarida o‘rganish ishlari olib borildi. 

Mazkur o‘rganish jarayonining asosiy maqsadi — ta’lim muassasalarining sovuq mavsumga tayyorlik darajasini baholash, mavjud muammolarni aniqlab, ularni qisqa muddatlarda bartaraf etish choralarini ko‘rishdan iboratdir. 

Deputat ishtirokida o‘tkazilgan monitoring davomida quyidagi jihatlar chuqur o‘rganildi: 

· maktab binolaridagi isitish tizimlarining holati va ularning to‘liq ishga tayyorligi; 

· ko‘mir zaxiralarining mavjudligi hamda sifat darajasi; 

· eshik va oynalarning mahkamligi, issiqlik yo‘qotilishini kamaytirish bo‘yicha ko‘rilgan chora-tadbirlar; 

· ichimlik suvi, elektr energiyasi va issiqlik ta’minotining uzluksizligi. 

O‘rganish yakunlariga ko‘ra, ayrim ta’mirlash va texnik xizmat ko‘rsatish ishlari jadallashtirilishi lozimligi qayd etildi. Shu bilan birga, deputat Tavasharov Xamro Ziyayevich mas’ullarga aniqlangan kamchiliklarni qisqa muddatlarda bartaraf etish, kuz-qish mavsumida o‘quvchilar uchun qulay va xavfsiz sharoit yaratishni ta’minlash bo‘yicha tegishli topshiriqlar berdi. 

Mazkur jarayon davomida xalq deputatlari tomonidan o‘quv maskanlarining rahbarlari, xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar vakillari bilan ham muloqot o‘tkazilib, mavsumiy tayyorgarlikning har bir bosqichi doimiy deputat nazoratida bo‘lishi ta’kidlandi. 

  

Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati  

Slide 1 of 10