Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
МАҲАЛЛАДА МУРОЖААТНОМА ТАРҒИБОТИ: АҲОЛИ БИЛАН ОЧИҚ МУЛОҚОТ
янв.21
XALQ DEPUTATLARI TUMAN KENGASHI DEPUTATI - TUMAN HOKIMI R.RO'ZIYEVNING AHOLI VA TADBIRKORLARGA MUROJAATNOMASI - TUMAN RIVOJI YO'LIDA MUHIM QADAM
янв.21
Семинар-йиғилиш бўлиб ўтди
янв.21
Targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
янв.21
“Ажрим ёқасидаги оилалар тақдири – эътибор марказида”
янв.21
ДЕПУТАТЛАР САЙЁР ЎРГАНИШДА
янв.21
XALQ DEPUTATLARI KONIMEX TUMANI KENGASHINING O'N ETTINCHI SESSIYASI BO'LIB O'TDI
янв.21
“Креатив тадбиркор ёшлар” лойиҳаси доирасида депутатлар ва ёшлар иштирокида очиқ мулоқот тадбири ташкил этилди.
янв.21
Deputat sayyor qabul o‘tkazdi
янв.21
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasi: milliy taraqqiyotning yangi bosqichi jamoatchilik muhokamasida
PREZIDENT SHAVKAT MIRZIYOYEVNING NYU-YORKKA TASHRIFI HAQIDA MA’RUZA

PREZIDENT SHAVKAT MIRZIYOYEVNING 

NYU-YORKKA TASHRIFI HAQIDA MA’RUZA 

Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashi deputati, Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti professori Mavlon Boboxonov O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining Boshlang‘ich tayyorgarlik va malaka oshirish markazida o‘tkazilgan “Ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarlik mashg‘uloti”da Nyu-York shahrida o‘tkazilgan Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 80-yubiley sessiyasida Prezident Shavkat Mirziyoyev so‘zlagan tarixiy nutq haqida ma’ruza bilan chiqish qildi.

Qayd etilganidek, Prezidentimiz Nyu-York safari davomida BMT Bosh Assambleyasining sessiyasidagi nutqidan tashqari AQSh Prezidenti Donald Tramp, xalqaro tashkilotlar, moliyaviy institutlar va yetakchi amerikalik kompaniyalar rahbarlari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.

Ta’kidlash joiz, murakkab geosiyosiy vaziyat sharoitida Prezidentimiz insoniyatni tinchlikka, muloqot va hamjihatlikka da’vat etdi. Bu chaqiriq nafaqat O‘zbekiston, balki butun dunyo xalqlari uchun yo‘l xaritasi sifatida xizmat qilishi mumkinligi ta’kidlandi.

“Ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarlik mashg‘uloti”da prezidentimizning Afg‘onistondagi vaziyat, G‘azo sektoridagi gumanitar inqiroz va Ukrainadagi mojaro borasidagi qat’iy pozitsiyasiga hamda yoshlar, ekologiya va sun’iy intellekt sohalarida ilgari surgan tashabbuslariga alohida e’tibor qaratildi.

Markaz tinglovchilari Prezidentimiz nutqidagi g‘oyalarning global ahamiyati va ularning amaliy tatbiqi borasidagi mulohazalarni qiziqish bilan tinglab, ko‘plab savollariga javoblari olishdi.

⚡️ @sam_vil_deputatlari

Slide 1 of 3