Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Маҳаллада бандлик ва ижтимоий ҳимоя масалалари кўздан кечирилди
янв.21
#JARAYON
янв.21
Халқ депутатлари Навоий вилоят Кенгаши котибияти мудири Ж.Ҳамроев ҳамда вилоят Кенгаши депутати Б.Жалолов Конимех тумани тиббиёт бирлашмасида бўлиб, аҳолига кўрсатилаётган тиббий хизматлар сифати юзасидан амалий ўрганишлар олиб бордилар.
янв.21
Туман Кенгашида кунлик ва ҳафталик вазифалар ижроси муҳокама қилинди
янв.21
#JARAYON
янв.21
Deputat faoliyatidan
янв.21
#JARAYON
янв.21
#JARAYON
янв.21
Deputat faoliyatidan
янв.21
Deputat faoliyatidan
“Korrupsiya — taraqqiyot kushandasi” mavzusida targ‘ibot uchrashuvi

   Bugungi global dunyoda har bir davlat o‘z taraqqiyotini ta’minlashga, aholisining farovon hayotini kafolatlashga intilmoqda. Biroq ana shunday ezgu maqsadlarga erishishga to‘sqinlik qiluvchi jiddiy omillardan biri — bu korrupsiyadir. Belgilangan rejaga asosan 6 ta ishchi guruh a’zolari tomonidan tumandagi mexnat jamoalari va aholi faollari ishtirokida uchrashuvlar o‘tkazildi. Uchrashuv davomida guruh a’zolari tomonidan korrupsiyaning jamiyat hayotidagi salbiy oqibatlari, uning davlat taraqqiyotiga, fuqarolar huquqlari va imkoniyatlariga yetkazadigan zararli ta’siri haqida atroflicha ma’lumot berildi. Ayniqsa,
yoshlarda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, halollik, poklik va vijdonli mehnat tamoyillarini targ‘ib qilishga alohida e’tibor qaratildi.
Tadbirda o‘quvchilarga va pedagogik jamoaga korrupsiyaning oldini olish, uni aniqlash va unga qarshi kurashishda har bir fuqaroning o‘z o‘rniga ega ekani, bu borada befarqlik va loqaydlikka yo‘l qo‘yib bo‘lmasligi ta’kidlandi. Shuningdek, mavjud qonunchilik, O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi faoliyati, “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonunning asosiy tamoyillari haqida tushuntirish ishlari olib borildi. Uchrashuv so‘nggida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, mutaxassislardan batafsil javoblar oldilar. Tadbir jamoa a’zolarida katta taassurot qoldirdi va bunday uchrashuvlar tizimli ravishda davom ettirilishi
zarurligi ta’kidlandi.
  

Slide 1 of 8