Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Маҳаллада бандлик ва ижтимоий ҳимоя масалалари кўздан кечирилди
янв.21
#JARAYON
янв.21
Халқ депутатлари Навоий вилоят Кенгаши котибияти мудири Ж.Ҳамроев ҳамда вилоят Кенгаши депутати Б.Жалолов Конимех тумани тиббиёт бирлашмасида бўлиб, аҳолига кўрсатилаётган тиббий хизматлар сифати юзасидан амалий ўрганишлар олиб бордилар.
янв.21
Туман Кенгашида кунлик ва ҳафталик вазифалар ижроси муҳокама қилинди
янв.21
#JARAYON
янв.21
Deputat faoliyatidan
янв.21
#JARAYON
янв.21
#JARAYON
янв.21
Deputat faoliyatidan
янв.21
Deputat faoliyatidan
Korrupsiyaga qarshi birga kurashamiz!

Korrupsiya – bu jamiyatimiz taraqqiyotiga, xalqimizning adolatga bo‘lgan ishonchiga putur yetkazadigan, davlatning rivojlanishiga jiddiy to‘sqinlik qiladigan eng og‘ir illatlardan biridir. Prezidentimiz ta’kidlaganlaridek: “Korrupsiyaga qarshi kurashish – bu faqat davlat organlarining emas, balki butun jamiyatning, har bir fuqaroning burchidir.” Shu boisdan bugungi kunda mamlakatimizda korrupsiyaning har qanday ko‘rinishiga qarshi qat’iy siyosat olib borilmoqda. Barcha darajadagi rahbar va mas’ullar zimmasiga halollik, mas’uliyat va javobgarlik tamoyillarini chuqur singdirish bo‘yicha aniq vazifalar qo‘yilgan.

Shu munosabat bilan, har bir fuqaro o‘z faoliyatida halollik va poklik tamoyillariga amal qilishi, har qanday qonunbuzarlikka nisbatan befarq bo‘lmasligi zarur. Agar siz korrupsiya holatiga duch kelsangiz, bu haqda tegishli idoralarga xabar berish – bu fuqarolik jasorati, Vatanga sadoqat ifodasidir.

Keling, barchamiz bir yoqadan bosh chiqarib, halollik va adolatni hayotimiz mezoniga aylantiraylik! Har bir idorada, har bir mahallada, har bir oilada halollik muhiti qaror topsin. Farzandlarimiz kelajagi, jamiyatimiz ravnaqi va yurtimiz obro‘si yo‘lida barchamiz birgalikda harakat qilaylik.

Xalq deputatlari Sharof Rashidov tuman Kengashi deputati A.Raxmonov