Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Маҳаллада бандлик ва ижтимоий ҳимоя масалалари кўздан кечирилди
янв.21
#JARAYON
янв.21
Халқ депутатлари Навоий вилоят Кенгаши котибияти мудири Ж.Ҳамроев ҳамда вилоят Кенгаши депутати Б.Жалолов Конимех тумани тиббиёт бирлашмасида бўлиб, аҳолига кўрсатилаётган тиббий хизматлар сифати юзасидан амалий ўрганишлар олиб бордилар.
янв.21
Туман Кенгашида кунлик ва ҳафталик вазифалар ижроси муҳокама қилинди
янв.21
#JARAYON
янв.21
Deputat faoliyatidan
янв.21
#JARAYON
янв.21
#JARAYON
янв.21
Deputat faoliyatidan
янв.21
Deputat faoliyatidan
1 oktyabr — O‘qituvchi va murabbiy kuni

 1 oktyabr — O‘qituvchi va murabbiy kuni munosabati bilan yurtimizda ta’lim sohasida samarali mehnat qilayotgan ustoz va murabbiylarni e’tirof etish, ularning fidokorona xizmatlarini qadrlashga alohida e’tibor qaratiladi. Shu munosabat bilan xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Odinaxon Qaxxorova 17 va 34-umumta’lim maktablariga tashrif buyurdi. Tashrif davomida u maktab jamoalari bilan uchrashib, ulug‘ kasb egalari — o‘qituvchilarni bayram bilan samimiy muborakbod etdi. Uchrashuv chog‘ida deputat ta’lim sifati va bolalar tarbiyasida o‘qituvchining o‘rni beqiyos ekanini alohida ta’kidlab o‘tdi. Shu bilan birga, o‘z faoliyatida fidokorona mehnat qilayotgan, yangilikka intiluvchi, tajriba almashish va o‘quv jarayonini takomillashtirishda doimo izlanuvchan bo‘lgan faol ustozlarga esdalik sovg‘alari topshirdi. Taqdirlangan o‘qituvchilar orasida fan olimpiadalariga o‘quvchilarni tayyorlagan, zamonaviy o‘qitish metodlarini qo‘llayotgan va jamoat ishlarida faol ishtirok etayotgan pedagoglar ham bor edi. Bunday uchrashuvlar ustozlarga bo‘lgan hurmat va e’tiborni yanada oshirish, ta’lim sohasini rivojlantirishda muhim omil hisoblanadi. Maktab jamoalari deputatning
tashrifi va ko‘rsatilgan e’tibordan minnatdorchilik bildirib, kelgusida ham yanada samarali ishlashga tayyor ekanliklarini ma’lum qildilar
.  

Slide 1 of 6